Institut talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yangi o‘quv yili boshlanish munosabati bilan tashkil etilgan Ochiq eshiklar haftaligida faol qatnashdilar. Haftalik doirasida tashkil etilgan turkum tadbirlarda institutimiz talaba-yoshlari nafaqat ishtiroki bilan, balki ilmli va zukkoligi bilan ham tengdoshlarini e’tiborini tortdi.
Kutubxona ma’muriyati bilan istiqbolli loyihalar va kelgusidagi hamkorlik xususida kelishuvlarga erishildi.