Ma’naviyat va ma’rifat

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishning maqsadi va vazifalari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil qilishning maqsadi etib quyidagilar belgilanadi:

– davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishga qodir, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, iymon-e’tiqodi butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tayyorlash;

– talabalarni ongiga milliy g‘oya va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘qitiladigan barcha fanlarni milliy g‘oya bilan uyg‘un bo‘lishini ta’minlash, talabalarda siyosiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish ishlarini tizimli asosda yo‘lga qo‘yish;

– talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mamlakatda qabul qilingan qonun, farmon, qaror, farmoyishlar, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatidan xabardorligini ta’minlash orqali ulardagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish;

– institutda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tizimida natijadorlik, amaliyot va ijro intizomini yuksaltirish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni joriy qilib borish;

– institutda talabalar, katta-ilmiy xodim izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar vakillari o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash.

Asosiy vazifalar

– Institutda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy sohaga oid qonun, farmon, farmoyish, qaror va Davlat dasturlari hamda tegishliligi bo‘yicha vazirlik, idoralardan tushirilgan hujjatlarning ijrosini ta’minlash;

– ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish;

– Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyatini tashkil etish hamda jamoat tashkilotlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralar (yo‘nalishlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tarkibiga kiruvchi barcha tizimlarning viloyat bo‘limlari, huquq-tartibot organlari, diniy va siyosiy hamda boshqa tashkilotlar bilan talaba-yoshlar tarbiyasi borasida hamkorlik ishlarini muntazam tashkil etish;

– talabalar va professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, texnik xodimlari orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirib borish, shuningdek, sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tuzilmalarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

– “Ma’naviyat soati”, “Axborot va murabbiylik soati”, “Ma’naviyat kuni”ni yuksak saviya va talab darajasida o‘tilishi, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni nazorat qilish hamda ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarga yetuk mutaxassislarni taklif qilish ishlarini tashkil etish;

– talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar, texnik xodim vakillari muammolarini o‘rganish, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda ularning manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama faolliklarini tashkil etish;

– talabalar tarbiyasida ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;

– murabbiylik tizimi faoliyatiga rahbarlik qilish va mazkur tizimning milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlanishiga erishish;

– ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish va ularda professor-o‘qituvchilarning faolliklarini oshirish;

– Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

– fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishini muvofiqlashtirish va faoliyatini nazorat qilish;

– o‘quv binolari, talabalar turar joylari va kafedralarni bugungi kun talablari (Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan namunaviy tartib) asosida tasviriy targ‘ibot vositalari bilan jihozlanishini nazorat qilish.

– institutdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish va natijadorligini oshirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish

Institutda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonun, farmon, farmoyish, qaror va Davlat dasturlari hamda tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tomonidan tushirilgan hujjatlarni ijro uchun qabul qilib, aniq chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Institutda fakultet va kafedralarda normativ-huquqiy hujjat mazmun-mohiyatini keng o‘rganish tashkil etiladi va nazorat qilinadi, shuningdek, targ‘ibotchilar guruhi shakllantiriladi, targ‘ibot materiallari tayyorlanadi, hamkorlikda turli tadbirlar amalga oshiriladi, OAVlari va internet veb-saytlarida chiqishlar tashkil etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalari (rejada tadbirlar nomi va amalga oshirish mexanizmi, aniq muddatlar, mas’ullar, kutilayotgan natija aks etadi) ishlab chiqiladi va ularning qat’iy amalga oshirilishi (tadbirni rasmiylashtirib borish, barcha bo‘g‘inlarda amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish) nazorat qilinadi.

Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyati tashkil etiladi, Kengash raisi (institut rektori), rais o‘rinbosari, a’zolar tarkibi tasdiqlanadi hamda fakultetlar va bo‘limlar, ijtimoiy-gumanitar kafedralar faoliyati muvofiqlashtiriladi.

Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyatiga oid yillik chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi va Kengash yig‘ilishida institutdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, talabalarning axloqiy tarbiyasidagi o‘zgarishlar, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik masalalari, kiyinish madaniyati, me’yoriy hujjatlar, bo‘limlar, fakultetlar faoliyati, shuningdek, moddiy yordam, ijtimoiy himoya, umumiy ovqatlanish shahobchalari va boshqa masalalar muhokama qilib boriladi hamda institut Kengashiga tahliliy ma’lumot kiritiladi.

Talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida sog‘lom ma’naviy muhit shakllanishi, xususan, sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tuzilmalarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalari nazorat qilinadi.

Jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash maqsadida virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinadi va har o‘quv yilida kamida ikki marotaba sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi, “Adolat qutisi” tahlili institut Kengashi yig‘ilishida muhokama qilib boriladi va ko‘rilgan choralar qayd etib boriladi.

Institutda sport-sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati tashkil qilinadi, ularga doimiy ravishda (muayyan jadval asosida) professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar jalb qilib boriladi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi (tadbirlarga taniqli olim, yozuvchi, shoir, san’at ustalari, shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Kitobxonlik” faoliyatini targ‘ib qilish va talabalarni keng jalb qilish kabilarga alohida e’tibor qaratiladi).

Institutga qarashli oromgoh holati va faoliyatini (Kasaba uyushmasi bilan birgalikda) tizimli tashkil etishga mutasaddilik qilish, rektorat bilan o‘rnatilgan tartibda kelishgan holda ushbu oromgohda iqtidorli, bilimli, tengdoshlariga har tomonlama namuna va ibrat bo‘la oladigan talabalarning madaniy hordiq chiqarishlari tashkil etiladi.

Institutdagi umumiy ovqatlanish shahobchalari: oshxona, bufetlar faoliyati va ularning taomnomasi, idishlar va joylarning holati (professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarning xohish istaklari suhbat va so‘rovnomalar orqali o‘rganilib) yig‘ilishlarda muhokama qilib boriladi va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha institut Kengashiga takliflar kiritiladi.

Doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi hamda hududiy Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlari, huquq-tartibot organlari, diniy, siyosiy va boshqa tashkilotlar bilan talaba-yoshlar tarbiyasi borasida hamkorlik ishlari tashkil etiladi.

Turli to‘garaklar va klublar, sport seksiyalari faoliyati doimiy nazorat qilinadi (O‘quv yili boshida to‘garak nomi, rejasi, o‘tish uchun jalb qilingan professor-o‘qituvchi va ishtirokchi talaba-yoshlar ro‘yxatini shakllantirish, to‘garak, klublar yoki sport seksiyalari faoliyatiga talaba-yoshlarni keng jalb qilish maqsadida tanishtiruv-targ‘ibot ishlarini muntazam olib borish; to‘garak, klublar yoki sport seksiyalari faoliyati bo‘yicha o‘quv yili davomida erishilgan natijalarini mas’ul kafedra yoki unga biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqdimotlarini tashkil qilish, namunaviylarini ommalashtirish).

Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida institut rahbariyati bilan kelishgan holda fakultet dekanati va murabbiylar tomonidan yurtimizdagi tarixiy maskanlar, ziyoratgohlar, muzey, kino, teatr hamda mustaqillik yillarida bunyod etilgan bino-inshootlarga tashriflar, madaniy-ma’rifiy, badiiy kechalar, intellektual o‘yinlar, musobaqalar, tanlovlar uyushtiriladi.

Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga ekskursiyalar, Toshkent shahridagi (yoki markaziy shaharlardagi) teatrlarga tashriflar uyushtirishda qulaylik yaratish maqsadida markazlashgan holda alohida tur-sayohatlar tashkil etiladi.

Talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar muammolari o‘rganiladi, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va faolliklarini har tomonlama rag‘batlantirish tashkil etiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, etim va chin etim talabalar ro‘yxatini shakllantirib, ularga ma’naviy-moddiy ko‘mak berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Murabbiylik tizimi faoliyatini tashkil etish va bu tizimni milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlantirishga erishish, murabbiylikka nomzodlar tarkibini tanlov asosida ko‘rib, o‘rganib chiqish hamda murabbiylarni tasdiqlangan namunaviy ish rejasi, “Ma’naviyat soatlari” uchun mavzular, talabalarning shaxsiga oid ma’lumot olish, amalga oshirilgan ishlar tahlili doirasida faoliyatni tashkil etish nazoratga olinadi.

Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish va ularda institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faolliklarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Fakultetlar dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan bevosita boshqariladi va ularning faoliyati muntazam nazorat qilinadi.

Institut hududi va binolari (tashqi va ichki), talabalar turar joylari ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-tarixiy mazmundagi tasviriy targ‘ibot vositalari bilan ta’minlashini tahlil qilinadi va ularning mazmunini to‘ldirib borish ta’minlanadi.

Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni tashkil etish, tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘riqnomalar tayyorlab berish, amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib borish va monitoring qilish hamda tegishli tartibda hisobotlar tayyorlab, taqdim etish ishlari olib boriladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda innovatsion ta’lim-tarbiya tizimi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ya’ni ularning xalqaro hamkorlik shartnomalari asosida xorijiy tashkilotlar bilan axborot va tajriba almashish, soha xodimlarining malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni keng qamrovda tashkil etish uchun talabalarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.

 

 

Bo’lim tarkibi

Sotvoldiyev Abduvohid Ro’zimboy o’g’li.

Тоshkent temir yo’l muhandislari instituti yoshlar bilan ishlash Ma’naviyat – ma’rifat  va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Tel. 71 299 – 00 – 35,  e-mail:

abduvohid_sotvoldiyev@mail.ru

Vazifasi
1. Institut rahbariyatiga zarur bo’lgan hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.
2. Institutda ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish.
3. Oliy ta’limni boshqarish organlariga tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda ma’naviy – ahloqiy tarbiyani isloh qilish xususidagi takliflarni tayyorlash.
4. Institutda ma’naviyat va ma’rifatga oid qabul qilingan Qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Institutdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.
6. Institutda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha Respublika Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi ta’minlash va boshqalar.

Kasimova Shaxizada Raxmotullayevna

Тоshkent temir yo’l muhandislari instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi uslubchisi
Tel. 71 299 – 03 – 16
Vazifalari
1. Institutda o’tkazilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotni tayyorlab tegishli tashkilotlarga jo’natadi.
2. Institutda va uning barcha fakultetlarida ma’naviy – ahloqiy tarbiyaga oid ilg’or tajribalarini o’rganadi.
3. Murabbiylarga amaliy yordam ko’rsatadi.
1.4. Murabbiylik soatlari uchun zarur bo’lgan ma’lumot, axborotlarni to’plashda ularga yordamlashadi.
1.5. Bo’limni ma’lumotnomalar va ko’rsatmalar, qurilmalar bilan ta’minlaydi.
1.6. Hujjatlar tayyorlashda bevosita ishtirok etadi.
1.7. Topshiriladigan hujjatlar hisobotlarini o’z vaqtida ro’yxatga oladi.
1.8. Bo’limga tegishli joylar holatini o’rganadi.
1.9. Bo’limning nazorat ishlarida ishtirok etadi va boshqalar.

 

Jumaniyazov Bunyod Jumanazar o’g’li

Тоshkent temir yo’l muhandislari instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi uslubchisi
Tel. 71 299 – 03 – 16
Vazifalari
1. Institutda o’tkazilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotni tayyorlab tegishli tashkilotlarga jo’natadi.
2. Institutda va uning barcha fakultetlarida ma’naviy – ahloqiy tarbiyaga oid ilg’or tajribalarini o’rganadi.
3. Murabbiylarga amaliy yordam ko’rsatadi.
1.4. Murabbiylik soatlari uchun zarur bo’lgan ma’lumot, axborotlarni to’plashda ularga yordamlashadi.
1.5. Bo’limni ma’lumotnomalar va ko’rsatmalar, qurilmalar bilan ta’minlaydi.
1.6. Hujjatlar tayyorlashda bevosita ishtirok etadi.
1.7. Topshiriladigan hujjatlar hisobotlarini o’z vaqtida ro’yxatga oladi.
1.8. Bo’limga tegishli joylar holatini o’rganadi.
1.9. Bo’limning nazorat ishlarida ishtirok etadi va boshqalar.

Dehqonov Mirali Mirxon o’g’li

Тоshkent temir yo’l muhandislari instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi uslubchisi
Tel. 71 299 – 03 – 16
Vazifalari
1. Institutda o’tkazilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotni tayyorlab tegishli tashkilotlarga jo’natadi.
2. Institutda va uning barcha fakultetlarida ma’naviy – ahloqiy tarbiyaga oid ilg’or tajribalarini o’rganadi.
3. Murabbiylarga amaliy yordam ko’rsatadi.
1.4. Murabbiylik soatlari uchun zarur bo’lgan ma’lumot, axborotlarni to’plashda ularga yordamlashadi.
1.5. Bo’limni ma’lumotnomalar va ko’rsatmalar, qurilmalar bilan ta’minlaydi.
1.6. Hujjatlar tayyorlashda bevosita ishtirok etadi.
1.7. Topshiriladigan hujjatlar hisobotlarini o’z vaqtida ro’yxatga oladi.
1.8. Bo’limga tegishli joylar holatini o’rganadi.
1.9. Bo’limning nazorat ishlarida ishtirok etadi va boshqalar.

Gayupova Muqaddas Talatovna

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Muzey xodimi”
Telefon: 71 299 – 05 – 98
Vazifalari
1. Тashkiliy masalalar yuzasidan majlislarda qatnashish.
2. Tuzilmaviy bo‘linmalardan zarur axborot, hujjatlarni olish.
3. U bajarayotgan lavozim majburiyatlariga tegishli masalalar muhokamasida ishtirok etish.
4. Muassasa (tashkilot) rahbariyatidan uning lavozim majburiyatlarini bajarish va huquqlaridan foydalanishda ko‘maklashishlarini talab qilish.

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining talabalar turar joyi
tarbiyachi – pedagoglari

Sharapov Shuxrat Azamatovich
Тilavbayeva Gulsanam Bekpo’latovna
Ro’zimetova Mexri Toshkenovna
Ziyamuxamedova Shoira Sabirovna

Vazifalari
1. TTJdagi ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha yillik reja tuzadi.
2. TTJdagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida davra suhbatlari o’tkazadi, qiziqarli mavzularda bahs – munozara va debatlar, ma’naviy – ma’rifiy mavzudagi kechalar tashkil etadi.
3. Reja asosida guruh murabbiylarining turar joyga tshrifini tashkil etish.
4. Talabalarning yashash sharoitlari va ularning dars bilan bog’liq muammolari haqida tushunchalar hamda yo’l – yo’riqlar ko’rsatadi va boshqalar.

Baratova Ra’no Rustamovna

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining psixologi
Tel. 71 299 – 02 – 36
Vazifasi
1. Institutdagi axloqiy – psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta’sirini o’rganish.
2. Talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy – psixologik diagnostika o’tkazish.
3. Ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarni aniqlash.
4. Kattalar tomonidan tazyiq o’tkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib boorish.
5. Notinch oila farzandlarini erta aniqlash.
6. Ota – onalarni o’quv tarbiyaviy jarayonga jalb etish.
7. Mushkul vaziyatlarga tushib qolgan talabalarga individual maslahatlar berish va boshqalar.

Shodijonova (Yuldasheva) Shaxsonem Xudaybergenovna

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining badiiy rahbari
Tel. 71 299 – 04 – 62