Kerakli hujjatlar ro’yxati

Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga
oʼqishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisida
NIZOMIDАN:

10. Magistraturaga kirishda abiturientlar (bakalavr darajasiga ega boʼlganlar, diplomli mutaxassislar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
magistratura mutaxassisligi koʼrsatilgan holda, oliy taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʼchirma — Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʼyicha oʼqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud boʼlgan holda);
3.5 x 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;
086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
qonun hujjatlariga muvofiq oʼqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi (mavjud boʼlgan holda);
11. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abiturientlar pasportini shaxsan koʼrsatadilar.