Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi

Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi (NIS) Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutining (TTYMI) tarkibiy bo’linmasi bo’lib, Nizom asosida faoliyat yuritadi.

NIS faoliyati davomida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

tadqiqot ishlarini olib boruvchi barcha bo’linmalarning ma’muriy boshqaruvini amalga oshiradi;

fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba – konstrutorlik ishlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;

ilmiy xodimlarning ixtisosliklariga muvofiq doktorantlarni (PhD va DSc) tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

institute ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining faoliyatini monitoring qilish;

Institut olimlari va talabalarini boshqa tashkilotlarda ilmiy-amaliy tadbirlarida (konferentsiyalar, olimpiadalar, tanlovlar) ishtirok etishga tayyorlash;

xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari bilan xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni tashkil etish va kengaytirish;

ilmiy – texnik konferentsiyalarni tashkil etadi;

monografiyalarni nashr etish, maqolalar to’plamlarini shakllantirish, olimlarning ilmiy hisobotlarini ro’yxatga olish va ro’yxatdan o’tkazish;

Institut olimlarining intellektual mulkini himoya qilish bo’yicha ishlarni amalga oshirish (ixtirolarni patentlash va boshqalar);

shuningdek, institutning ilmiy faoliyati bilan bog’liq boshqa ish turlari.

Hozirgi kunda institutda ilmiy-tadqiqot kompleksi, jumladan, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, sinov maydonchasi («O’zbekiston temir yo’llari» AJ PCh-2 korxonasida joylashgan), yosh olimlar kengashi tashkil etilgan.