“Sumalak sayli” va qadriyatlar bayrami

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Talabalar shaharchasida an’anaviy “Sumalak sayli” o‘tkazildi.


Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. 13 mart kuni tongdan institut talabalar shaharchasi direksiyasi tashabbusi bilan doshqozonlarda sumalak qaynatildi.

 

Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo‘lgan tadbir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir. Bu galgi sayl ham an’analar bilan bir qatorda yangiliklarga boy o‘tdi. Ayniqsa, osh musobqasi va barcha oshpazlarning institut rektori Ma’rufjon Rasulovning maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanishi saylga shukuh bag‘ishladi.

Sumalak atrofida institut Xotin-qizlar qo‘mitasi faollari va talaba-yoshlar, talabalar shaharchasi ishchi-xodimlari xizmatda bo‘ldi. Sumalak pishirish asnosida milliy qadriyat va marosimlar, jumladan, sumalak tayyorlashning o‘zi qat’iy an’analar asosida ma’lum tartib qoidalariga amal qilingan holda bajarilishi yoshlarga uqtirildi.

Shuningdek, talaba-qizlar ham sumalak atrofida alyorlar va she’riy baytbaraklar bilan faol ishtirok etishdi. Sumalak muqaddas taom sifatida qadrlanishini o‘zlari tug‘ilib o‘sgan hududlari misolida tushuntirib berdilar.

“Sumalak sayli” tongacha davom etib, institut yotoqxonalarida “bir piyola choy ustida dildan suhbat”ga ulanib ketdi. Institut professor-o‘qituvchilari sayl mehmoni sifatida qadrlandi.

Talabalar shaharchasi saylida institut prorektori Dilshod Baratov ishtirok etdi. Prorektor Dilshod Baratov sayl ishtirokchilarini bahoriy bayramlar bilan tabriklab, Navro‘z shodiyonalari institutimizning yoshlari boshlab berganligini, bugungi doshqozonda qaynagan sumalakning o‘ziga xos shukuhi borligini qayd etdi. Milliy qadriyatlarimizni, ajdodlarimiz ko‘p yillar davomida ulug‘lab kelgan ishni institut yoshlari tomonidan amalga oshirilayotganligi, institutning fahriy ayollari, ustoz murabbiylarning bunday ishlarga bosh-qosh bo‘lishi taqsinga sazovor dedi.

Yotoqxonalararo turli musobaqalar saylga ko‘tarinki ruh olib kirdi. An’anaviy osh musboqasi tabdirning bezagiga aylandi. O‘zbekning azaliy taomi – osh musobaqasida 2-talabalar turar joyi tayyorlagan osh g‘olib deb topildi. Talabalar shaharchasida doshqozonlarda tayyorlangan o‘zbekona taom hisoblangan oshning davraga tortiq etilishi ko‘ngillariga xushnudlik olib keldi.

Bayram tadbirini iste’dodli talabalari tomonidan jonli ijrodagi milliy kuy-qo‘shiqlari yanada tadbirning shukuhini ko‘tarishga, yuqori saviyada o‘tkazilishiga olib keldi.

Axborot xizmati