Xodimlar bo‘limi

Xodimlar bo‘limi

         Xodimlar bo‘limi Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, institutda kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish, o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi va ularning nazoratini olib boradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, institut Nizomi, Mehnat Qonunchiligiga oid me’yoriy – huquqiy hujjatlarga, institut Rektori buyruqlariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riqnomalariga hamda bo‘lim Nizomiga amal kiladi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Institutga ishga qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni puxta o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida ishga qabul qilish.
Institut professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ma’muriy – xo‘jalik xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash.
Institut rahbariyatining xodimlar bilan ishlashga doir qaror, farmoyish va buyruqlarining qat’iy bajarilishini ta’minlash.
Professor-o‘qituvchi va xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish.
Shaxsiy tarkibi hisobini yuritish, muntazam (har yillik) ravishda xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlarini yangilash.
Institut xodimlariga taalluqli xatlar, shikoyatlar va arizalarni ko‘rib chiqish.
Yosh mutaxassislarning bitiruv jarayonlarida ishtirok etish va ularga tegishli hujjatlarni taqdim etish.
Institut nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish.
Institut xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat va tarmoq mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlarni tayyorlash. Mukofotlar, rag‘batlantirishlar va tanbehlar hisobini yuritish.
Bo‘limning yillik ish rejasini ishlab chiqish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni olib borish.
Ish rejimiga amal qilishni ta’minlash.
Institut bo‘limlarida xodimlar tomonidan mehnat intizomiga va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilish.
Xodimlarning malakasi, mutaxassisligiga mos ravishda ish joylari va lavozimlarini belgilash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Institut rahbariyatiga zarur bo‘lgan hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.
Institut xodimlarining mehnat daftarchalarini rasmiylashtirishni yuritish, ularning hisobotlarini olib borish. Har bir xodimga harakat (T-2) formasi bo‘yicha kartochkalarni yuritish.
Institutning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat attestatsiya komissiyasi qarori asosida institut rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom va diplom ilovalar berish.
O‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash.
Bitiruvchi talabalarga diplom va diplom ilovalarni o‘rnatilgan tartib koidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish.
Institut tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvohnoma)lar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llash.
Institutning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratish.
Xodimlar va talabalar haqidagi statistik hisobotni tayyorlash va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ga taqdim etish.