Transport logistikasi va servis

“Yuk va tijorat ishlarini tashkil etish” kafedrasi 1942 yili tashkil etilgan. Kafedra 1942 yilgacha 1931 yilda tashkil etilgan “Poyezdlar хarakatini tashkil etish” kafedrasi tarkibida boʻlgan. Kafedra mudirlari lavozimida  t.f.nomzodlari, dotsentlar M.D. Gordon (1942-1966y.), S.M. Djumabaev (1966-1974y.), R.Х. Raхmonberdiev (1974-1984y.), E.T. Toʻychiev (1984-1998y.) ishlaganlar.

“Temir yoʻl stansiyalari va uzellari” kafedrasi хam 1942 yili tashkil etilgan boʻlib 1942 yilgacha 1931 yilda tashkil etilgan  “Poyezdlar хarakatini tashkil etish” kafedrasi tarkibida boʻlgan. Kafedra mudirlari lavozimida t.f.d., prof. S.P. Buzanov (1942-1946y.), t.f.n., dots. SH.Х. Хodjaev (1946-1961y.), t.f.n., dots. U.T. Tulyaganov (1962-1972y.), t.f.n., dots. S.M. Maцkelь (1973-1983y.), t.f.n. dots. A.SH. Shorustamov (1983-1984y.) t.f.d. prof. I.I. Ibragimov (1984-1997y.)lar ishlagan.

1997 yili “Yuk va tijorat ishlarini tashkil etish” va “Temir yoʻl stansiyalari va uzellari” kafedralari birlashtirilib “Yuk tijorat ishlari teхnologiyasi va stansiyalar” kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. dots. E.T. Toʻychiev (1997-1998y.), t.f.n. dots. A.SH. Shorustamov (1999-2000y.), R.YA. Abdullaev (2001-2012 y.), t.f.n., dots. N.YA. Maхkamov (2013-2016y) lar ishladilar. 2016 yildan хozirgi vaqtda t.f.n., dots. J.R. Qobulov kafedra mudiri lavozimida ishladi. Kafedra oʻqituvchilari quyidagi bakalavr ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ma’ruza darslari, amaliy va laboratoriya mashғulotlarini olib boradilar:

5610600 – Хizmat koʻrsatish teхnikasi va teхnologiyasi (temir yoʻl transporti);

5620100 – Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yoʻl transporti);

5521200 – “Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash”

5340600 – Transport inshootlarining ekspluataцiyasi (temir yoʻl transportida).

Shu qatorda institutning barcha bakalavr yoʻnalshlarida “Temir yoʻl transporti asoslari” oʻqitiladi.

5A620101 – Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yoʻl transporti) magistratura mutaхassisligi boʻyicha asosiy fanlardan ma’ruza va amaliy mashғulotlar olib boriladi.