Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish

«Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish» kafedrasi 1931 yilda institut bilan bir vaqtda tashkil topgan. 1931-1932 yillar davomida kafedraga muxandis V.V. Dombrovskiy rahbarlik qilgan. SHu yillarda kafedraning nomi «Temir yo‘ldan foydalanish va boshqarish» bo‘lgan. 1932-1938 yillar davomida kafedrani janubiy-g‘arbiy temir yo‘lini rejalash bo‘limi boshlig‘i  V.P. Rafalskiy boshqargan.

U davrlarda fakulьtetda bitta kafedra bo‘lib, keyinchalik ushbu fakulьtet «Poezdlar harakatini tashkil qilish», «Yuk va tijorat ishlarini tashkil qilish», «Temir yo‘l stansiyalari va uzellari» xamda «SMB va aloqa» kafedralarini o‘zida mujassam etdi.

O‘qish jarayoni, ilmiy tekshirish va kafedra laboratoriya bazasini rivojlantirishga quyidagi professor-o‘qituvchilar o‘z xissalarini qo‘shganlar. Bular:  professor Odinsov L.V. (1939-1940y.y.), dotsent          V.I. Aksenov (1944-1973y.y.), professor Nurmuhamedov R.Z. (1973-1984y.y.), dotsent Rixsiev S.R.(1984-1989y.y.), professor Nurmuhamedov R.Z.(1989-1994y.y.).

1994-1999 yillarda kafedrani t.f.d. Xudayberganov K.T. boshqardi. 1999-2009 yillar davomida kafedrani texnika fanlari nomzodi dotsent Mirzaeva G.A. boshqardi.

2009 yilning oktyabr oyidan boshlab hozirgi vaqtgacha  kafedrani texnika fanlari nomzodi Xudayberganov S.K. boshqarib kelmoqda.

O‘tgan vaqt ichida kafedrada texnika fanlari nomzodi Belov V.N., Kulmanov K.A., Troitskiy A.P., Siyanitsa M.E., Adilov M.N., Normatov SH.N., Domkin E.I., Rixsiev S.R., katta   o‘qituvchilar: Vlasova L.P., CHaxmaxsazians L.V. va assistent Y.P. Myasnikovlar  faoliyat ko‘rsatganlar. Xozirgi vaqtda kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ulardan 3 nafari texnika fanlari nomzodi unvoniga ega.

2011 yildan boshlab institutning “Mexnat muxofazasi va fuqaro ximoyasi” kafedrasi “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi tasarufiga o‘tkazildi.

Kafedra nashr faoliyati bilan ham jiddiy shug‘ullanib kelmoqda.

O‘quv-qo‘llanmalar va ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlariga katta ahamiyat berilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida ko‘plab   kurs va malakaviy bitiruv ishlari bajarilib, ximoya qilindi. Ilmiy-tekshiruv ishlari natijalari monografiyalar va kafedra a’zolari ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi.

T.f.d. prof. Nurmuxamedov R.Z.  tomonidan 100dan ortiq nashr ishlari, ya’ni 8ta  monografiya, prof. K.T.  Xudayberganovda ham  100dan  ortiq  nashr ishlari bo‘lib,  bulardan 5 tasi  monografiyadir.

Prof. R.Z.Nurmuxamedovni «Temir yo‘lda tashish ishlarini tashkili va boshqarish» nomli o‘quv qo‘llanmasi o‘quv jarayonida keng qo‘llanib kelinmoqda.

Kafedrani ilmiy-tekshiruv faoliyatidagi asosiy yo‘nalish quyidagilar: «Temir yo‘l mahalliy ishini tejamkorlik asosida tashkil qilish», «Temir yo‘lni yuk va vagon o‘tkazish qobiliyatini rivojlantirish», «Ekspluatatsiya ishlarini hajmini EHMda kompleks rejalashtirish va oldindan bilishni ta’minlash» va «EHM yordamida temir yo‘ldan foydalanish ishlarini takomillashtirish» .

Ilmiy-tekshiruv ishlariga talabalar ko‘plab jalb qilinmoqdalar. Ilmiy-tekshiruv ishlari natijalari ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.

«O‘TY» Aksiyadorlik jamiyatiga tegishli “Xamza” stansiyasida  kafedra filiali tashkil qilingan bo‘lib, u erda amaliy va laboratoriya ishlari  olib borish mo‘ljallangan.

Kafedrada xar yili real mavzularda  malakaviy bitiruv ishlari tayyorlanib, ular ishlab chiqarishga tadbiq etilishi tavsiya etilmoqda.

Hozirgi davrda o‘quv laboratoriya bazasi  qaytadan tiklangan bo‘lib, bu erda “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish”, “Texnik foydalanish qoidalari va poezdlar xarakat xavfsizligi”, “Temir yo‘l transportida boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” xamda “Tashishni tashkili va texnologiyasi” fanlaridan laboratoriya xamda amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan  temir yo‘l transporti tashkilotlariga yaqindan yordam berishga harakat qilinmoqda, ya’ni: 2005 yilda Sergeli stansiyasi, 2006 yilda Toshkent-yuk stansiyasi, 2007 yilda esa To‘qimachi, 2008 yilda Jizzax , 2009 – 2010 yillarda Angren stansiyalari uchun    stansiya ishining texnologik jarayonlarini ishlab chiqishga yordam ko‘rsatildi.

2001 yilda kafedra qoshida magistratura yo‘nalishi ochilib, xozirgi kunda uni 200 nafardan ortiq magistr bitirdi. Xozirgi kunda kafedrada 15 nafar magistrantlar taxsil olmoqdalar va ulardan ko‘pchiligi «O‘TY» AJ tavsiya qilgan mavzularda dissertatsiya ishlarini bajarmoqdalar.

Kafedra o‘qituvchilari «O‘TY» AJdan kelgan mutaxassislarni malakasini  oshirishlari uchun   malaka oshirish yo‘l markazida faol ish  olib bormoqdalar. Kafedradan malaka oshiruvchilarga kafedra mudiri dotsent S.K. Xudayberganov, t.f.n. SH.M. Suyunbaev, t.f.n.                           SH.X. Abdazimovlar  murabbiylik qilmoqda.  Kafedra professor-o‘qituvchilari raxbarligida 2, 3 va 4 kurs ishlab chiqarish xamda bitiruv oldi amaliyot ishlarini o‘tamoqdalar.

Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish (TYFIB) kafedrasi xaqida

Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish kafedrasi 1931 yili tashkil topgan. Kafedra laboratoriya bazasida poezdlar xarakatini tashkil qilish va manevr ishlarini boshqarish bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedraga 7ta auditoriya biriktirilgan bo‘lib, shundan 358,243-auditoriyalar laboratoriya xonasi bo‘lib, u yerda barcha laboratoriya ishlari kompyuterlar yordamida bajariladi. 449-auditoriya ma’ruza mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mulьtimedia vositalari bilan jixozlangan. Barcha auditoriyalar o‘qish jarayonlari uchun maketlar, stendlar va kerakli plakatlar bilan  ta’minlangan.

Ko‘p ilmiy-tadqiqot ishlari talabalar ishtirokida bajarilmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda. Kafedra a’zolari bu xaqida turli anjumanlarda dokladlar bilan chiqmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriyat yo‘nalishlari uchun 10 ta fandan, magistratura yo‘nalishi uchun 4 fandan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.  Kafedra shtati 12 kishidan iborat tasdiqlanagan, bulardan 3 dotsent,  9 tasi ilmiy darajasiz o‘qituvchilardan iborat.

Kafedradagi bitiruvchi ta`lim yo`nalishlari

Bakalavriat Magistratura
1. 5620100 – «Tashishni tashkil etish va transport logistikasi» (temir yo`l transportida)

2. 5230100 – Iqtisodiyot  (temir yo`l transportida)

3. 5230200 –  Menejment (temir yo`l transportida)

4. 5610600 – Hizmat ko`rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo`l transportida)

5. Axborat tizimlari (temir yo`l transportida)

1. 5A620101 – Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo`l transportida)