Tahririy nashriyot va poligrafiya

Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limi (TN va PB) Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, tahririy nashriyot va poligrafiya faoliyatini amalga oshiradi.

Bo‘lim institutda nashr etiladigan ilmiy va o‘quv adabiyotlar, o‘quv-uslubiy va hisobot hujjatlari va kitob-jurnal mahsulotlarini tayyorlashda bosmaxona faoliyatini boshqaradi.

TN va PB ning asosiy faoliyati, nashr etilgan mahsulotlarning yuksak g‘oyaviy-nazariy, ilmiy va uslubiy darajasini, ularning poligrafiya nusxasini olishda sifatini ta’minlash, qayta nashr etishga yo‘l qo‘ymaslik va ilmiy ishlarni vaqtida chiqarish, shuningdek ilmiy va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va mutaxassislarni tayyorlashda yo‘nalishlarga muvofiq ishlarning tahririy jarayonlarini yuksak ilmiy va kasb darajasida amalga oshirish, MOK tinglovchilari va talabalarning kasb mahoratini oshirish va tarbiyalash, bilim olishiga ko‘maklashish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini yoyishga yordamlashish, TTYMI bosmaxonasida o‘quv va ilmiy adabiyotlarni (darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, broshyuralar, maqolalar to‘plami, konferentsiya va seminar materiallari) sifatli va o‘z vaqtida nashr etish, o‘quv-uslubiy materiallar (o‘quv fanlari rejalari, ma’ruza matnlari, seminar va amaliy mashg‘ulotlar rejalari va o‘quv-uslubiy hujjatlarning boshqa turlari) va ko‘paytirish uchun tasdiqlangan turli xil hisobot blankalarini ko‘paytirishni ta’minlash.