Marketing bo‘limi

O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tilishi bilan ta`lim xizmatlari bozori ham shakllanib, mazkur faoliyat sohasida marketing ilmiy prinsiplari qo`llanilishi talab qilindi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta`lim xizmatlari bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni yanada rivojlantirish to`g`risida”gi qaroriga binoan 1998 yilda institutda marketing bo`limi tashkil etilgan. Bo`lim amaldagi me`yoriy hujjatlar doirasida quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • Ta`lim xizmatlari paketini shakllantirish;
  • Bakalavriat va magistraturaga qabul qilish kvotasini shakllantirish;

Bitiruvchilarni ishga joylashtirish faoliyati:

  • ToshTYMI talabalarini ish bilan ta`minlovchilar, ijtimoiy tashkilotlar va hokimiyat organlari bilan aloqa bog`lash orqali ma`lumot yordamida qo`llab-quvvatlash, keyinchalik ishga joylashtirish bilan talabalar amaliyotini uyushtirish. O`zini ijobiy tarafdan namoyon etgan bitiruvchilar ko`pincha amaliyot o`tgan joylariga doimiy ishlash uchun taklif etiladilar;
  • Institut talabalarining prezentatsiyalari o`tkazilayotgan mintaqa temir yo`l uzellari rahbarlari bilan uchrashuvlarini tashkil etib, bunda barcha ishtirokchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo`ladilar;
  • Institut o`quv, ilmiy va o`zga bo`linmalari faoliyati monitoringi;
  • O`quv jarayonini ta`lim, texnologiya va moddiy-texnik jihatidan ta`minlashdagi yutuqlar monitoringi;
  • Reklama faoliyati va h.k.

Institut va «O`zbekiston temir yo`llari» AJ korxonalari o`rtasida mutaxassislar tayyorlash sohasida barqaror hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. ToshTYMI bitiruvchilari to`g`risida beriladigan tavsiflarda mutaxassislar nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasining yuqori darajasi haqida uqtirilib, ularning sohaga oid masalalardagi bilimi, tanlagan faoliyat yo`nalishining o`ziga xos ishlab chiqarish sharoitlarida tez moslashish, xizmat pillapoyasidan ko`tarilish imkoni qayd etiladi. Bu talabalarimiz va bitiruvchilar yuqori kasbiy tayyorgarligidan dalolat beradi. Ularga zamonaviy mehnat va xizmatlar bozorida talab yuqori bo`lib, bitiruvchilarimiz temir yo`l kompaniyasining asosiy korxona va tashkilotlarida o`zlarini yaxshi namoyon qila oldilar.