Iqtisodiyot va menejment

«Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi – institutda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan kafedralardan biridir. Kafedra 1941 yil dekabr oyida tashkil topgan bo‘lib unga professorlar E.D. Xanukov, V.N. Orlov, M.N. Belenьkiy asos solishgan. Ushbu yillar davomida kafedraga professorlar E.D. Xanukov, V.N. Orlov, M.N. Belenьkiy I.S. Ravich, , G.M. Qosimov va dotsentlar G.P. Bublik, A.I. Ismailxodjaev, A.A Gulamov, N.A.Xodjaevalar mudirlik qilishgan.
Kafedra 1999 yilga qadar “Temir yo‘l transporti iqtisodiyoti”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha ko‘plab iqtisodchi-muhandis kadrlar tayyorlab kelgan. Bugungi kunda «Iqtisodiyot» va «Menejment» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va «Iqtisodiyot» bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Kafedra butun ishlash davrida 4000 dan ortiq iqtisodchi-muhandis, 1500 dan ortiq bakalavr va 170 dan ko‘p magistrlar tayyorladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv jarayonidagi faoliyati mutaxassislarni iqtisodiy va boshqaruv bo‘yicha uzluksiz tayyorlashni rolini oshirishga yo‘naltirilgan.
Buning uchun kafedrada barcha yo‘nalishlar talabalari o‘rganadigan 40 ga yaqin fanlar uchun ma’ruza matnlari, o‘quv dastur va ishchi dasturlar, amaliyot mashg‘ulotlari, kurs loyiha va ishlari, ishlab chiqarish amaliyotlari, malakaviy bitiruv ishlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Bular bozor iqtisodiyoti sharoitida qabul qilinayotgan qarorlarni oqilona texnik-iqtisodiy asoslashda yordam beradi. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalari, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanilmoqda. Kurs loyihalari va malakaviy bitiruv ishini bajarishda kompьyuter texnikasi keng ishlatilmoqda.
Kafedraning ishchi o‘quv rejalarida yangi «Innovatsion iqtisodiyot», «Innovatsion menejment», «Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari», «Institutsional iqtisodiyot», «Logistika», «Biznes xujjatlarni tuzish», «Halqaro menejment», «Strategik menejment», «Tavakkalchilik va birja faoliyatini boshqarish», «Tashqi iqtisodiy aloqalar» Bojxona iqtisodiyoti», «Turizm iqtisodiyoti» va boshqalar bir qator iqtisodiyot va boshqaruv fanlari kiritilgan. Ayniqsa bozorni, marketing tadqiqotlarni, strategik marketing va transport korxonalari marketingini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari temir yo‘l transporti rahbar hodimlari va mutahassislarining malakalarini oshirish fakulьtetida dars olib borishda va ularni attestatsiyaga tayyorlash va o‘tqazishda doimo qatnashib kelmoqdalar.
«O‘zbekiston temir yo‘lari» AJ va «O‘zektemiryo‘l yo‘lovchi» OAJ ning o‘rta va yuqori zveno rahbarlari uchun bozor iqtisodiyoti muammolari bo‘yicha savollar to‘plami va ular bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ iqtisodiyot xizmati topshirig‘iga binoan O‘zbekiston temir yo‘l transporti mahsuloti va hizmatlarini eksport va import qilish qoidalari va ularni hisobga olish tartiblarini ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘rsatmasiga binoan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish munosabatlarini qayta shakllantirishning maqsadi va vazifalari» mavzulari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi transport va aloqa tarmoqlari o‘rta zveno rahbarlarini o‘qitish dasturi ishlab chiqilgan. Ular uchun ma’ruza matnlari tayyorlangan. Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport va aloqa majmuasining 189 ta rahbarlarini joylarga chiqib o‘qitib va attestatsiyadan o‘tkazilgan.
Bozor sharoitida boshqarish usullari masalalari bo‘yicha qurilish majmuasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport va aloqa majmuasining yuqori va o‘rta zveno rahbarlarini o‘qitish dasturi loyihasi tayyorlangan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ iqtisodiyot xizmati bilan «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi orasida hamkorlik bo‘yicha yangi shartnoma tuzilgan. U asosida kafedraning ishlab chiqarishdagi filialida o‘qish jarayoni va uslubiy ta’minoti, ilmiy ta’qiqod va talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti va o‘qituvchilarning tajriba oshirish sohalaridagi ishlar takomillashtirilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim kontseptsiyasi loyihasi va uzluksiz iqtisodiy ta’lim kontseptsiyasi muqobil variantlarini ishlab chiqishda Oliy ta’lim Vazirligi xay’ati ishida faol qatnashishdi.

Kafedra o‘qituvchilari tarkibi

Ismailxodjaev A.I.

dotsent

Tel: +99871 299 03 65

Narov U.I.

professor

Tel: +99871 299 05 38

Raxmanbaeva R.A.

professor

Tel: +99871 299 05 38 Email: rahmanbaeva@mail.ru

Xodjaeva N.A.

dotsent

Tel: +99871 299 05 38

Fayzixodjaeva M.L.

dotsent

Tel: +99871 299 05 38

Shakirova F.B.

v.b. dotsent

Tel: +99871 299 05 38

Atadjanova Z.S.

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 05 38

Kadirova Sh.A.

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 05 38 Email: kadirova_sharofat@mail.ru

Sarimsakova M.X.

katta o‘qituvchi

Tel: +99871 299 05 38 Email: maloxatsx@mail.ru

Xaydarov I.A.

assistent

Tel: +99871 299 05 38 Email: ismat154@mail.ru

Sharapova G.R.

assistent

Tel: +99871 299 05 38

Egamberdieva X.A.

assistent

Tel: +99871 299 05 38 Email: uzrail.kh@gmail.com

Umarova D.R.

assistent

Tel: +99871 299 05 38

Xolbutaeva Sh.A.

assistent

Tel: +99871 299 05 38 Email: abdurazakova_shakhnoza@mail.ru

To‘ychiev A.

assistent

Tel: +99871 299 05 38 Email: anvarloko@mail.ru