Faoliyat haqida

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida magistratura bo’limi 1998 yilda tashkil etilgan. Bu yillar davomida bo‘limni etakchi fan nomzodlari, dotsentlar O.S. Turdimatov, T.R. Nurmuxamedov, F.F.  Karimova  va D.B. Eshmamatovalar boshqarib kelishgan. 2006 yilda magistratura bo‘limi tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha fakultetlarga  tarqatib yuborildi. Institut rektorining 131-U buyrug‘iga asosan 2008 yil  1 noyabrdan boshlab bo‘lim qayta o‘z faoliyatini yuritid kelmoqda. Hozirgi kunda bo‘limni texnika fanlari nomzodi, dotsent S.S. Shaumarov boshqarib kelmoqda.

Institutning 13 ta kafedrasida 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo’yicha magistrlar tayyorlanib kelmoqda. Darslar institutning professor-o’qituvchilari va etakchi dotsentlar tomonidan olib boriladi va bundan tashqari ta’lim berishga tajribali ishlab chiqaruvchilar taklif etiladi.

Asosan magistrlar tanlagan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlar olib borishga qaratilgan tayyorgarlikka ega, mustaqil ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga, shuningdek tanlagan mutaxassisligi bo’yicha aspiranturada o’qib ta’lim olishga toyyor bo’lib chiqariladi.

Magistratura talabalari Respublika institutlararo va xalqaro anjumanlarda (konferensiyaralda)  ishtirok etishadi, va bu anjumanlar materiallarida o’z maqolalari chop etishadi.

Har yili 100 ga yaqin magistratura talabasi institutni bitirib chiqadi. So’nggi yillar davimida 1000 dan ortiq talabalar magistrlik dasturini tamomladilar. Magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ishlab chiqarish muassasalar buyurtmalaru asosida tanlanadi, ular «O’TY» tizimini tegishli bo’limlari va korxonalari bilan kelishiladi. Magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish ham «O’TY» AJ  tarkibiy bo’limlarida o’tkaziladi.

Tegishli magistratura yo’nalishlarda o’qish uchun 2016-yilda  Rossiya Federatsiyasiga, PGUPS universetetiga – 9 ta; 2017-yilda Xirosima universitetiga -1 ta, Xitoy Uxan universitetiga – 1 ta, MISiSga – 3 ta DVFUga – 3 ta, PGUPSga – 15 ta talaba yuborilgan.

Magistratura bitiruvchilari ta’lim olganidan so’ng o’z faoliyatini  «O’TY» AJ tizimidagi korxonalarida amalga oshiradi, aspiranturaga o’qishga kiradi, institutning kafedralarida tadqiqotchi shogird sifatida ilmiy faoliyatini olib boradi.

  “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master`s Curricula in Uzbekistan” (Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda AKT asosidagi yangi magistrlik yo’nalishi”) № 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP – sonli xalqaro loyihasi “Erasmus+ Programme of the European Union”ga muvofiq «Intellektual transport tizimlari» magistratura yangi mutaxassisligi uchun meyoriy-metodik hujjatlar ishlab chiqarish bo’yicha faol ish olib borilmoqda.

Tashkil etilayotgan tashkilotlarni zamon talablariga mos bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida magistratura qoshida quyidagi yangi mutaxassisliklar ochilishi rejalashtirilgan: 2018 yilda «Vagonlar qurish»; 2019-yilda «Elektr lokomotivlari va elektr poezdlari» va «Tezlik va yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr transporti»; 2020 yilga «Tezyurar yo’lovchi poezdlar xarakatini tashkillashtirish» va «Temir yo’l transportida Radioaloqa qurilmalari va aloqa vositalari»; 2021 yilda «Temir yo’l transportida Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» va «Temir yo’l transportida Texnologik mashinalar va jihozlarga texnikaviy xizmat qilish».