Electricity railways

Kafedra 5310200 – Elektr energetika (temir yo‘l transportida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5A310201 – Elektr ta’minoti (temir yo‘l transporti korxonalarida) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yosh kadrlarni tayyorlaydi.

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya ishlari olib boriladi:

1. Elektronika asoslari va mikroprotsessorli boshqaruv;

2. Elektrotexnikaning nazariy asoslari;

3. Elektrotexnik materiallar;

4. Avtomatika va mikroprotsessorli qurilmalar asoslari;

5. Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va avtomatlashtirish;

6. Elektronika asoslari;

7. O‘tkinchi jarayonlar;

8. Elektr o‘lchashlar;

9. Elektr transporti elektr ta’minoti va nimstansiyalar;

10. Kontakt tarmog‘i;

11. Elektr tarmoqlari va tizimlari;

12. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarining elektr ta’minoti;

13. Tortuvchi nimstansiyalar;

14. Notortuvchi iste’molchilarning elektr ta’minoti;

15. Texnik foydalanish qoidalari.

Kafedrada magistratura mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi fanlardan ma’ruza va amaliyot olib boriladi:

1. Temir yo‘l transporti korxonalari elektr tarmoqlari;

2. Temir yo‘l transporti korxonalari elektr ta’minoti;

3. O‘ta kuchlanish va izolyatsiya;

4. Temir yo‘l transporti elektr ta’minoti tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish;

5. Ishchi o‘rinlarini kompyuterlashtirish va elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish;

6. Releli himoya;

7. Elektromagnit moslashuv;

8. Elektr energetikada mikroprotsessorli ikkilamchi tizimlar;

9. Elektr energetika fanlarini o‘qitish metodikasi;

Kafedrada yuqorida sanab o‘tilgan fanlardan konsultatsiya o‘tkazish kunlari belgilangan. Shu bilan bir qatorda bu fanlardan kurs ishlari ham amalga oshiriladi.

ILMIY-TADQIQOT ISHLAR: Kafedrada 2 ta aspirant  va 10 ta ilmiy izlanuvchi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.

1. ass. D.SH.Rustamov (aspirantura muddati 01.03.2010 y.da tugagan)  – dissertatsiya mavzusi: «Transformatorы postoyannogo toka dlya sistem upravleniya tyagovыm silovыm elektrooborudovaniem»(ixtisoslik 05.13.05)  (OAKning 2008 yil 2 – son byulletenida e’lon qilingan). Nomzodlik minimumlari topshirilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlari soni 19 ta (shundan ilmiy jurnallarda 1 ta, xalqaro va  respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 15 ta va ixtiroga 3 ta patent olingan. Himoya 2013  yil mart –aprel oylarida Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda rejalashtirilmoqda.

2. ass. Botirov X.E. (aspirantura muddati 01.03.2010 y.da tugagan) – dissertatsiya mavzusi: «Magnitojidkostnыe izmeritelnыe preobrazovateli dlya sistem upravleniya» (ixtisoslik 05.13.05) (OAKning 2008 yil 2 – son byulletenida e’lon qilingan). Nomzodlik minimumlari topshirilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar soni 11 ta (shundan ilmiy jurnallarda 2 ta, xalqaro va  respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 8 ta va ixtiro 2 ta. Himoya 2012 yilda dekabr oylarida Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda rejalashtirilmoqda.

3. dots. Safarov A.M. – dissertatsiya mavzusi: “Elektromagnitnыe preobrazovateli bolshix tokov dlya mikroprotsessornыx sistem upravleniya ustroystvami elektrosnabjeniya j.d. transporta” (ixtisoslik 05.13.05) (OAKning 2008 yil 2 – son byulletenida e’lon qilingan). Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar soni 30 ta (shundan ilmiy jurnallarda 8 ta, xalqaro va  respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 20 ta va ixtiroga 2 ta asosiy patent). Himoya 2012 yil noyabr – dekabr oylarida Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda rejalashtirilmoqda.

4. ass. Sulliev A.X.  – dissertatsiya mavzusi: “Biparametricheskie rezonansnыe datchiki dvijeniya dlya sistem kontrolya i upravleniya” (ixtisoslik 05.13.05). Dissertatsiya mavzusi institut Ilmiy Kengashida ko‘rib chiqilgan hamda OAK byulletenida e’lon qilish uchun topshirilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar soni 19 ta (shundan ilmiy jurnallarda 7 ta, xalqaro va  respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 8 ta va ixtiroga 4 ta patent). Himoya 2011 yil 18 iyunda Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) huzuridagi ixtisoslashgan Kengashida muvaffaqiyatli o‘tdi.

5. aspirant Isroilov U. (1-kurs) – dissertatsiya mavzusi “Opto-elektronnыe datchiki bolshix tokov dlya sistemupravleniya i kontrolya” (ixtisoslik 05.13.05). Dissertatsiya mavzusi institut Ilmiy Kengashida ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

6. ass. Jo‘raeva K.K. – dissertatsiya mavzusi: “Magnitouprugie  datchiki mexanicheskix napryajeniy dlya sistem upravleniya i kontrolya” (ixtisoslik 05.13.05). Dissertatsiya mavzusi institut Ilmiy Kengashida ko‘rib chiqilgan hamda OAK byulletenida e’lon qilish uchun topshirilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar soni 9 ta (shundan ilmiy jurnallarda 1 ta, xalqaro va  respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 5 ta va ixtiroga 4 ta ixtiroga patent olish uchun talabnoma yuborilgan).

7. ass. Boltaev O.T. – dissertatsiya mavzusi: “Issledevanie magnitnыx sepey s elektromagnitnыmi ekranami raspredelennыmi parametrami” (ixtisoslik 05.09.05). Dissertatsiya mavzusi institut Ilmiy Kengashida ko‘rib chiqilgan hamda OAK byulletenida e’lon qilish uchun tayyorlanmoqda. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar soni 6 ta (shundan ilmiy jurnallarda 1 ta, xalqaro va  respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 5 ta).

Kafedra professor-o‘qituvchilari iqtidorli talabalar bilan ishlash maqsadida kuzgi va bahorgi semestrda reja asosida haftaning belgilangan kunlarida muammoli mavzular bo‘yicha ular bilan muntazam shug‘ullanadilar.

1. 2012 yil 15 oktyabr kuni Dissertatsiya ustida ish yakunlari bo‘yicha magistratura talabalari ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan 1-kurs magistri Bozorov L. (ilmiy rahbar prof. Murodov A.M.) 3-o‘rinni olgani uchun  faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2. Talabalar o‘rtasida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida ET-513 guruh talabalsi Utegenov M. (rahbar dots. Nazirova Z.G.) faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Kafedra o‘qituvchilari ilmiy va amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashdi. ToshTYMI va fakultet miqyosida tashkil qilingan tadbirlarda kafedra professor-o‘qituvchilari doimo qatnashadilar.

2011-2012 o‘quv yilida rejalashtirilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi:

1. Davlat granti  “A3-048, A3-049: «Vzaimodeystvie tokopriemnika i kontaktnoy seti pri vыsokoskorostnom dvijenii elektricheskogo transporta»” (25,0mln. so‘m). Bajarilish muddati 02.01.12y – 31.12.2014y.

2. Xo‘jalik shartnomasi №159 «Metodika ispыtaniya ustroystv kontaktnыe seti pri vыsokoskorostnom dvijeniya»., (8.3 mln. sum).

3. Xo‘jalik shartnomasi №4 «Metodika ispыtanie konsoley kontaktnыe seti pri KS-250-UZ» (5,2 mln.sum).

Bajariladigan davlat granti va xo‘jalik shartnomalarining umumiy miqdori 38,5mln. so‘m.

Kafedra “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK ning “Elektr ta’minot” markazi bilan ilmiy-texnik shartnomasi asosida topshiriqlarni bajaryapti va ilmiy-texnik kengashlarda qatnashadi.

TASHKILIY-USLUBIY ISHLAR: Kafedra koridorlari umummuhandislik va maxsus fanlarni o‘qishda yordam beradigan o‘quv plakatlari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston energetikasi hamda yangi qurilib, ishga tushirilayotgan temir yo‘l liniyalarini aks ettiruvchi plakatlar ham osilgan.

MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLAR: Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari va turli tadbirlarni o‘tkazishda professor-o‘qituvchilar faol qatnashdi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘yicha qilingan asosiy ishlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

1. 2012 yil “Mustahkam oila” yili deb atalganligi munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan prof. Amirov S.F., dotsentlar Safarov A.M., Turdibekov K.X., Bedritskiy I.M., Nazirova Z.G., YAkubov M.S., katta o‘qituvchilar Bayanov I.N, Sagatov G.T., Sulliev A.X. va boshqa professor-o‘qituvchilar o‘z vaqtida talabalarga ma’ruzalar qilib turishadi.

2. Har oyda Institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tuzilgan reja asosida murabbiylar o‘z guruxlarida  yig‘ilishlarni muntazam o‘tkazadilar. Bajarilgan ishlar murabbiy jurnalida aks ettiriladi.

3. ToshTYMI yotoqxonasida belgilangan tartibda xar oyda rejalashtirilgan navbatchilik amalga oshiriladi.

VI. QO‘SHIMCHA ISHLAR: ToshTYMI professor-o‘qituvchilarining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” bo‘yicha tashkil qilingan maxsus kurslarda va ToshTYMI qoshidagi kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘l markazida “ToshTYMI harakat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassis kafedralar professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish” kurslarida kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashib, o‘z malakalarini oshirib borishadi va o‘zlari quyidagi dasturlarda qatnashishdi:

1. Dotsent YAkubov M.S. TDTU qoshidagi qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida 2012 yil 1 martdan 7 aprelgacha “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirdi.

2. ass. Boltaev O.T. O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida 2012 yil 26 martdan 21 aprelgacha “Innovatsion texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari va masofali o‘qitish”, “YUksak ma’naviyat barkamol shaxs mezonlari” hamda “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslarini tingladi.

KAFEDRANING KELAJAKdagi REJALARI:

1. O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha:

1) laboratoriya bazasini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlashni davom ettirish;

2) laboratoriya ishlarini bajarishda fizik modeldan tashqari virtual laboratoriya ishlari sonini ko‘paytirish;

3) magistratura o‘quv rejasiga kiritilgan laboratoriya ishlarini to‘liq bajarilishini ta’minlash;

4) har bir fan xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yangi pedagogik va axborot texnologiyalar usullarini kengroq joriy qilish;

2. O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:

1) bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yozishni davom ettirish;

2) MBI, o‘quv-ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyoti va ayrim fanlardan mustaqil ishlarni bajarishga oid uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash va chop ettirish;

3) mutaxassislik fanlaridan o‘zbek tilida ko‘rgazmali o‘quv plakatlarini tayyorlash;

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari:

1) Davlat granti va xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar salmog‘ini oshirish;

2) 2012yil oxirigacha 3ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari himoyasini amalga oshirish;

3) temir yo‘l elektr ta’minoti tizimini takomillashtirishga oid ilmiy maqolalarni MDH ilmiy jurnallarida chop ettirish;

4) MIIT, LIIJT va boshqa temir yo‘l transporti oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan ilmiy-pedagogik aloqalarni yanada kengaytirish.