Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi

Kafedra 1999 yil 1 sentyabrda «Elektrli mashinalar va elektrodastgoxlar», «Elektrota’minot va mikroprotsessorli boshqaruv» va «Lokomotivlar» kafedralari asosida hamda “Elektr harakat tarkibi”, “Shahar elektr transporti” kabi mutaxassislik fanlari va “Elektrotexnika”, “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”, “Elektrli o‘lchash” kabi umumiy texnik fanlarni qo‘shib yuborish yo‘li bilan tashkil etilgan. Uning mudirlari professor N.M.Usmonxodjaev va prof. G.A.Xromovalar bo‘lishgan. G.A.Xromova kafedrani hozirgi vaqtda ham boshqaryapti.

Kafedra “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” va “Er usti transport vositalari” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni, “Elektrtransporti” va “Lokomotivlar(elektrovozlar)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

Kafedralarga bo‘lgan keskin extiyojni va “O‘TY” AJ ning tavsiyasiga ko‘ra “Elektr harakat tarkibi” 2004-2005 o‘quv yilidan “Relьsli transportning elektr harakat tarkibi” ta’lim yo‘nalishlarining mutaxassislarni tayyorlash yangicha ko‘rinish oldi.

Professor-o‘qituvchilar kollektivi Moskva, Novosibirsk, Sankt-Peterburg temir yo‘l istituti, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qurilish Akademiyalarining “Lokomotivlar”, “Vagonlar”, “Elektrovozlar” va “Material va konstruktsiyalarning mustahkamligi” kafedralari bilan mustahkam ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra o‘qituvchilari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa MDH davlatlarida o‘tkaziladigan Xalqaro ilmiy-nazariy konferentsiyalarda faol ishtirok etishadi.

Kafedra ToshTYMIda TAYI bilan tashkillashtirib o‘tkazilgan “Er usti transport tizimlari” muammolari bo‘yicha yosh olimlarning 6-Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasining tashkilotchisi hisoblanadi. Ushbu anjumanda 5ta OTM (ToshTYMI, TAYI, QozATiK, Engil sanoat instituti va O‘RFA IM va SS)laridan yosh olimlar ishtirok etishdi.

2004 yil oktyabrda “Elektr transporti” kafedrasi “Mashinalarni konstruktsiyalash asoslari” kafedrasi bilan hamkorlikda “Er usti transport tizimlarining dolzarb muammolari” mavzusidagi halqaro anjumanni tashkil qildi va uni ToshTYMIda o‘tkazdi. Anjumanda professorlar G.A.Xromova va N.M.Usmonxodjaev, kafedra a’zolari, izlanuvchilar va magistrlar ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Anjuman ishi yakunida ishtirokchilar transport tizimlari rivojlanishining yangi yo‘nalishlari haqida ulkan ma’lumot olishdi. Anjumanning dolzarbligini inobatga olgan holda uning ishtirokchilari uni 2 yilda 1 marotaba o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida rezolyutsiya qabul qilindi.

Kafedrada katta hajmdagi ilmiy-tadqiqot ishi amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, “O‘TY” AJning buyurtmasiga ko‘ra “VL-60k elektrovozlarining foydali ishlatish muddatini cho‘zish orqali kapital ta’mirlash modernizatsiyasi texnik echimlarini ilmiy asoslash” xo‘jalik shartnomasi amalga oshirolmoqda. Undan tashqari, MDH davlatlarining TY kengashiga muvofiq 2006 yili NIOKR rejasiga kiritilgan “Mukammalashgan konstruktsiyali lokomotivlar tortuv elektrodvigateli tebranishlarining umumlashgan dinamik modeli ishlanmasi” nomli halqaro loyiha ustida ham ishlanmoqda.

O‘R VM qoshidagi Ilmiy-texnik rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtirilgan Kengash qoshidagi Fan va texnologiya markazining quyidagi 2 granti ajratilgan: ”Muhitlashgan konstruktsiyadagi transport vositalari dempferlarining dinamik mustahkamligini hisoblash usullari ishlanmasi” va “Transport vositalarining tutib turuvchi ramasining dinamik mustahkamligini foydali ishlatish muddatini cho‘zish va dinamik sifatlarini yaxshilash maqsadidagi hisob usullarining ishlanmasi”.

Ishlab chiqarish majmuaviy bazasi AOO ”ElTrans” tomonidan jihozlanib, u kafedra va ToshTRZning filialidir. Ilmiy tadqiqot va ilmiy mashqlar maqsadida AOO “RemElTrans” va ToshTRZ korxonalarining uskuna va tajriba maydonlari ishlatilinadi.

“ELEKTR TRANSPORTI” KAFEDRASIDA O‘QITILADIGAN YO‘NALISHLAR

5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi (Temir yo‘l transporti)
5310600 – Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (Elektr transporti)
Magistratura mutaxassisligi 5A310704 – Elektr texnik majmualar va tizimlar.