Universitetda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

Universitet tantanalar maydonida o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivali ishtirokchilar, xususan yoshlarda milliy g‘oyaga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini etkazishga xizmat qildi.

Vatanparvarlik, mardlik va botirlik haqiqiy yigitlarga xos bo‘lgan fazilat. Bugun jasur yigitlarimiz bor ekan, sarhadlarimiz ishonchli qo‘llarda. Ular mustaqil yurtimizning mustahkam qo‘rg‘onlari sanaladi.

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Harbiy-vatanparvarlik oyligi” doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Universitet tantanalar maydonida o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivali ham ishtirokchilar, xususan yoshlarda milliy g‘oyaga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini etkazishga xizmat qildi.

Iqtisodiyot kafedrasi va Toshkent harbiy okrugi hamkorligi o‘tkazilgan festival dasturidan harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, harbiy xizmatchilar va jangovar texnikalarning tantanali marsh bilan o‘tishi, Toshkent harbiy okrugi mahsus bo‘linmasining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr kontserti o‘rin oldi.

Festivalda universitet rektori Odil Abdurahmonov ishtirok etdi va oriyatni, g‘urur hamda sadoqatni hamma narsadan ustun bilgan universitet yigitlarini bayram bilan tabrikladi.

Axborot xizmati