Vatanga hurmat tilga bo‘lgan e’tibordan boshlanadi

20 oktyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida mehnat faoliyatini olib borayotgan turli millat vakillari ishtirokida O‘zbek tili bayrami o‘tkazildi.

Universitet faoliyatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratishdan, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat.

“O‘zbek tilining hayotimdagi o‘rni” mavzusida tashkil etilgan muloqotda turli millat vakillarining o‘zbek tiliga munosabati tinglandi. Tadbir ishtirokchilari o‘zbek tilining ahamiyati xususida fikr almashdilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuniga (yangi tahrir) muvofiq, respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmasligi, fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga ega ekanligi bildirildi.

Shu bilan bir qatorda, сhetdan kirib kelayotgan har qanday xorijiy til ta’siri o‘zbek tili va milliy madaniyatga soya solishi mumkin emasligi ta’kidlandi. Vatanga hurmat tilga bo‘lgan e’tibordan boshlanadi, deyildi.

Universitet psixologi Ra’no Baratova ishtirokidagi muloqot turli tadbirlarga boy o‘tdi.

Axborot xizmati.