Til bayrami – dil bayrami

2020 yilning 21-oktyabr sanasida Toshkent davlat transport universitetining anjumanlar saroyida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlab bayram dasturi tashkil qilindi.

Boshqa millat vakillaridan tarkib topgan boshlovchilarning sahnaga chiqib kelishi vao‘zbek tilida olib borishi bilan boshlangan tadbirni universitet ma’naviy –ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov ochib berdi.

Milliy va evropa kuy qo‘shiqlariga ulangan tadbirda bir nechta o‘qituvchilar bayram munosabati ila faxriy yorlik bilan taqdirlandilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining qadr-qimmati qanchalik muhim ekanligini allomalarimiz yozib qoldirgan nodir iboralar va she’rlar bilan talqin etishdi.

Karantin shart sharoitlariga rioya qilingan holatda olib borilgan tadbirda 50 ga yakin o‘qituvchi xodimlar ishtirok etishgan bo‘lishsa onlayin tarzda 100 dan ortiq tomoshabinlar kuzatib borishdi.

Universitet matbuot xizmati
Ulug‘bek Mardonov