O‘zbek (rus) tili kafedrasi hamdo‘stlik, hamfikrlik an’analariga e’tibor qaratdi

20 oktyabr kuni O‘zbek (rus) tili kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro davra suxbati tashkil etdi.

Ushbu davra suhbatida Qirg‘iziston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining tilshunos olimlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy–ma’rifiy a’loqalari va do‘stlik jamiyatlari Kengashi a’zolari va Toshkent davlat universitetining O‘zbek (rus) tili kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

ZOOM orqali o‘tkazilgan xalqaro suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarining o‘zbek tilini keng va faol joriy etish borasidagi taasurotlari bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi a’loqalarni mustahkamlashda turkiy tillar oilasining ahamiyatini yanada chuqurlashtirishga oid fikr- mulohazalarni muhokama qilishdi.

Onlayn suxbat yakunida xamkorlik munosabatlarini kengaytirishga doir bir qator taklif va aniq loyihalar yuzasidan kelishib olindi.

Axborot xizmati