Universitet boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida

2020 yil 23 oktyabr kuni soat 11: 00 da Toshkent davlat transport universiteti Ilmiy kengashlar zalida muassasa professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlarining umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan.
1. Universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotini tuzish to‘g‘risida.
2. Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
3. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risida.
4. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosarini saylash to‘g‘risida.
5. Kasaba uyushmasi tashkilotining taftish komissiyasini saylash to‘g‘risida.
6. Kasaba uyushmasi tashkilotini yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lishi to‘g‘risida.
7. Kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini to‘lash tartibi haqida.

Jamoa a’zolarining ushbu tadbirda faol ishtirok etishini so‘raymiz.

Tashkiliy guruh axboroti