Rektor universitet jamoasi bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov universitet jamoasi bilan onlayn muloqot qildi.

Muloqot universitet jamoasi, ayniqsa yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, yoshlar bilan yanada yaqin bo‘lish, ular ichiga kirib borish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Onlayn uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar, va takliflari bilan rahbarlarga bevosita murojaat etdilar. Do‘stona o‘tgan muloqotda talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdilar.
Rektor muloqotda talabalarning muammolarini o‘rganib, ko‘plab yoshlarning murojaatlarini tingladi va ularni yechish bo‘yicha mas’ullarga masalani hal etishni topshirdi va natijasi bo‘yicha doimiy hisobot berishlarini belgiladi.
Uchrashuv davomida talabalarning o‘quv, ilmiy, innovatsion ishlarni tashkil etish bo‘yicha 50 dan ziyod takliflari, masofaviy ta’lim bo‘yicha fikrlari ham tinglandi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.

Axborot xizmati.