Universitet Murabbiylar kengashiga saylov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 fevraldagi 326-sonli buyrug‘i hamda Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2020 yil 22 sentyabrdagi 43-U-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun universitet Murabbiylar Kengash raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylovda universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat tizimi xodimlari, jamoatchilik tashkiloti vakillari, fakultetlarning Murabbiylar kengashi faollari ishtirok etishdi.

Saylovda ishtirok etgan Murabbiylar kengashi bo‘yicha fakultet mas’ullarining taklif va tavsiyalari, ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzod yuzasidan ochiq tarzda ovoz berildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, shu davrga qadar universitetning “Yo‘llarni qidiruv va loyihalash kafedrasi» dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Salimova Barno Djamalovna universitet Murabbiylar Kengash raisi etib saylandi.

Shu munosabat bilan, Toshkent davlat transport universiteti jamoasi Barno Salimovaga universitetimizda Murabbiylar masalalari bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishda hamda mazkur mas’uliyatli vazifani bajarishda kuch-g‘ayrat va zafarlar tilaydi.

Axborot xizmati.