Toshkent davlat transport universitetida onlayn tadbir

Shu yilning 2-sentyabr kuni universitet faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilliging 29 yilligi munosabati bilan «Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida onlayin tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir badiiy sahnalashtirilgan shaklda olib borildi. Tadbir avvalida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Gulyamov so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilari, universitet professor – o‘qituvchi va xodimlar hamda talabalarni mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan tabrikladi. O‘zbekiston respublikasi davlat madxiyasiga ulangan kuy-qo‘shiqlar onlayn tomoshabinlarni diqqat markazida bo‘ldi.
Tadbir davomida universitet fakulteti dekanlari so‘zga chiqishdi. Onlayn ishtirokchilariga aylangan talabalarning tabriklari tadbir saviyasini yanada oshirib yubordi. Jumladan, ularning mustaqiligimiz shukronasi va ta’limga bo‘lgan chanqoqliklari onlayn so‘zga chiqishlaridan sezilib turdi.
Onlayn tadbirda 300 dan ortiq talaba va xodimlar ishtirok etishdi.

Ulug‘bek Mardonov