Rektor tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar va talabalar!
Barchangizni Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Erk bayrami, ozodlik shodiyonasi barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!
Mustaqillik o‘zbek halqiga milliy g‘urur va milliy tafakkur, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirishga zamin yaratdi. Shu o‘rinda, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya masalasiga davlat miqyosida ulkan e’tibor qaratilayotganligi, jumladan, Prezident qaroriga muvofiq Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilganligi barchamizga kayfiyat ulashdi.
Bu qaror ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati va darajasini zamon talablari asosida tubdan yaxshilash, universitetda faoliyat ko‘rsatadigan barcha fidoyi insonlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir.
Jarayonlar rivoji har birimizga Vatan va xalqimiz oldida mas’uliyat yukladi. Mana shu ulkan mas’uliyat hisi ostida universitet o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, muammolarni donolik, vazminlik, hamjihatlik bilan hal etilishiga aminman.
Barchangizni bugungi umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va omadlar, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.
Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!

Odil Abdurahmanov,
Universitet rektori