Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari yuzasidan muloqot tashkil etildi

Bugun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqotning maqsadi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonun hamda O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarga tushuntirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 87-06-599-sonli xati ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D. X. Baratov ochib berib, korrupsiya illati davlat va jamiyatlarni ich-ichidan kemirib vayron qilishi, shuningdek oliy ta’lim tizimida ushbu illat sababli bilimli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning qondirilmasligiga olib kelishi, 2020 yil davlat dasturida oliy ta’lim tizimini korruptsiyadan holi tizimga aylantirish belgilanganligi, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlar asosan o‘qishga kirish, o‘qishni ko‘chirish, yakuniy davlat attestatsiya hamda bitiruv diplom ishi bilan bog‘liqligini keltirib o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘zga Qo‘yliq ota jome masjidi imom xatibi Me’rojiddin Xaydarov so‘zga chiqib, korrupsiya va poraxo‘rlikning salbiy illat ekanligi hamda Qur’oni Karim va hadislarda ushbu illatlarning Alloh Taolo tomonidan xarom qilinganligi ta’kidlab, ushbu illatlarga kurashda har bir inson vijdoniga va iymoniga tayanishi zarurligini aytib o‘tdi.

Institut dotsent Sh. Abduazimov so‘zga chiqib, bugungi kunda korruptsiya faqatgina pora berishdan iborat bo‘lmay, balki uning ijtimoiy xususiyatlari namoyon bo‘layotganligi, ijtimoiy korruptsiyaning oliy ta’lim tizimida ko‘plab kuzatilayotganligi achinarli holat ekanligini ta’kidlab, har bir professor-o‘qituvchi talabalarga bilim berish babobarida ularga korruptsiya va poraxo‘rlikning jamiyat va davlat rivoji uchun katta to‘siq ekanligini tushuntirintirishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Konferentsiya ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti