Merganov Avaz Mirsultanovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

2020 yil 10-iyul kuni soat 13:00da «Transport logistikasi va servis” kafedrasi izlanuvchisi Merganov Avaz Mirsultanovichning 05.08.03 – “Temir yo‘l transportini ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Temir yo‘l transportida idish-qadoqli yuklarni tashishni tashkillashtirish jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasini ochiq muxokamadan o‘tkazishga bag‘ishlangan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tadi.