Babayev Asqar Ruzibadalovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

2020 yil 9 iyul kuni soat 12:00da “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi izlanuvchisi Babayev Asqar Ruzibadalovichning 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Gidrotransport jarayonida oqim parametrlarini hisoblash usulini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasini ochiq muhokamadan o‘tkazishga bag‘ishlangan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti huzuridagi DSs 15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tadi.