Rektor Odil Abduraxmonovning Universitet yoshlariga bayram tabrigi

30 iyun – Yoshlar kuni

Hurmatli universitetimiz talabalari va aspirantlari, bitiruvchilari va yosh pedagoglari, katta orzularni diliga tukkan iste’dodli abiturientlar! Barchangizni navqironlik, optimizm, kuch-g‘ayrat va quvonchlar tantanasi — Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklayman!

Yoshlar — jamiyatning eng faol qismi, ular har qanday o‘zgarishga tez moslashadi, yangi bilimlar va texnologiyalarni oson o‘zlashtiradi. Ayniqsa, universitet yoshlari jamiyatning eng tashabbuskor, energiyaga to‘la, bilimga tashna a’zolaridir.

Binobarin, Siz bilan universitetimiz umidlari va istiqbollari chambarchas bog‘langan. Sizdan ilm-fan va universitet qadriyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi g‘oyalar, noodatiy yechimlar kutiladi. Bu bejiz emas.

Yurtimizda istiqbolli o‘g‘il-qizlar faol qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Ishonch bilan aytamanki, universitetimiz talabalariga o‘z iste’dodi va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Buni ertaga emas, aynan bugun qilamiz. O‘z loyihasini amalga oshirish, talabalik davridayoq professional yoki ijodiy faoliyatini boshlashni istagan talabarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bugun universitetda mamlakat hayotida faol ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlar — o‘qituvchilar va olimlar, aspirantlar va ilmiy izlanuvchilar mehnat qilayotgani, tahsil olayotgani haqida gapirish albatta yoqimli. Ular o‘qishda, ilmiy va ijodiy faoliyatda o‘zlarini ko‘rsatishmoqda, innovatsion tadqiqotlar bilan shug‘ullanishyapti, turli tanlovlarda muvaffaqiyat qozonishmoqda.

Aziz universitetimiz yoshlari! Sizlarni yorqin kelajak kutayotganiga ishonchim komil. Siz ardoqlaydigan va sizni ardoqlaydigan universitetingiz esa bu yo‘lda hamisha sizga ishonchli tayanch hamda yaqin ko‘makdoshdir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, yangi kashfiyotlar va g‘alabalar, baxt-saodat va professional yutuqlar hamisha hamroh bo‘lishini tilayman! Barcha oruzlaringiz va eng qat’iy rejalaringiz amalga oshsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Odil Abduraxmonov,

Toshkent davlat transport universiteti rektori