TAYINLOV: Toshkent davlat transport universiteti rektori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 iyundagi 385-son qarori bilan Odil Qalandarovich Abduraxmanov Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Odil Abduraxmanov O‘zbekiston Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Odil Abdurahmonov (1978 yilda tug‘ilgan) oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2018 yil 31 iyuldan buyon ishlagan, ungacha Prezident Administratsiyasida bosh maslahatchi (konsultant) bo‘lgan, Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markaziga rahbarlik qilgan va iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.