Sirdaryoga «BIZ BIRGAMIZ» Insonparvarlik yordami yuborildi

Kuni kecha Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqishi oqibatida Sardoba tumani, Qo’rg’ontepa aholi yashash punktlari jiddiy zarar ko’rgani aytilgan edi.
Ushbu hodisadan so’ng Toshkent temir yo’l muxandislari instituti ham suv toshqinidan talofot ko’rgan Sirdaryoliklar uchun “BIZ BIRGAMIZ” xayriya yordami to’plash, insonparvarlik yordamini yuborish tashabbusi bilan chiqdi. Bu ko’ngilli tashabbusda institut professor-o’qituvchilari, hodimlari, talabalar faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan turli oziq-ovqat, kiyim-kechak, sanitariya- gigiyena vositalari, bolalar uchun kitob va o’yinchoqlar topshirildi.
To’plangan buyumlar maxsus transportlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda bugun soat 10:00 da Sirdaryo viloyatiga yo’l oldi.
Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag’rikenglikning bunday noyob ijtimoiy xususiyati, buyuk xalq ekanligimizni dalilidir aziz yurtdoshlar. Bugungi ko’rsatilayotgan haqiqiy o’zbekona bag’rikenglik, mehr-muruvvat, beminnat yordamlar, o’ylaymizki, ko’rilgan talofatlarni bartaraf etishda madad bo’ladi. Ayniqsa, falokatdan aziyat chekkan shaxslarga yetib borib, ko’ngillarini xushnud etishi shubhasiz.