Pensionerlar xolidan habar olindi!

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sabab karantin joriy etilganiga ham bir oydan oshdi. O’tgan vaqt davomida hukumatimiz tomonidan ushbu kasallikka chalinganlarni zudlik bilan davolashga katta e’tibor qaratilayotgani barobarida uyda qolayotgan pensionerlar, boquvchisini yo’qotganlar, turli gurux nogironlari va kam ta’minlangan oilalarni moddiy, ma’naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga beg’araz oziq-ovqat mahsulotlari berilib, g’amxo’rlik ko’rsatilmoqdaki, bu xalqimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda davlatimiz fuqarolar hayotiga, ularning turmush sharoitiga befarq emasligini amalda yana bir bor isbotlamoqda.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida nafaqadagi, institutda uzoq yillar mehnat faoliyatini olib borgan va hozirda ijtimoiy himoyaga hamda o’zgalar parvarishiga muhtoj pensionerlar uchun zarur bo’lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari beg’araz yetkazib berildi.

Institut hodimlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini, ayniqsa, sohada uzoq yillar faoliyat ko’rsatib pensiyaga chiqqan kasb egalarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash institute rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining doimiy e’tiborida, Ayniqsa, davlatimiz, xalqimiz boshiga tushgan bu sinovli, murakkkab sharoitda boquvchisini yo’qotgan va extiyojmand hamda turli sabablarga ko’ra nogiron bo’lib qolgan pensionerlarga yordam qo’lini cho’zish, ularga g’amxo’rlik qilish insoniylikning oliy qadriyatidir. Shu maqsadda  institut rahbarlari tomonidan Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan, institutda uzoq yillar faoliyat ko’rsatib, pensiyaga chiqqan, extiyojmand hamda nogironligi mavjud bo’lganlar oilasi aniqlandi va ularning xonadoniga borib, sanitariya, gigiena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda oziq-ovqat to’plamlari tarqatildi, holidan habar olindi. Ushbu g’amxo’rlik tadbiri davomida 10 ga yaqin extiyojmand oilalarga oziq-ovqat to’plamlari beg‘araz yetkazildi.

Bu saxovatli tashabbus Ramazon oyi munosabati hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashayotgan damlarda amalga oshirilib, pensionerlarga, imkoniyati cheklanganlarga, boquvchisini yo’qotgan va extiyojmand temiryo’lchilarga o’tayotgan sinovli kunlarda g’amxo’rlik ko’rsatilgani yanada ahamiyatlidir. Shubxasiz bu holat ularni Vatanga shukronalik, kasbiga fidoyilik, kelajakka umid va ishonch bilan yashashni yanada oshishiga sabab bo’lsa ajab emas.