Hurmatli talabalar! Joriy yilning 1 aprel sanasidan moodle.tashiit.uz elektron o’quv resurs platformasida o’quv jarayonini masofaviy tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur platformadan foydalanish uchun dekanatdan login va parol, shuningdek, android tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun havolasidan hamda iOS tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun havolasidan dasturlarni ko’chirib olishingiz lozim. Ushbu tizimda Siz ma’ruzalarning matn va videolarini ko’rishingiz mumkin. Shuningdek amaliyot, mustaqil ish, laboratoriya, kurs ishi (loyihasi), loyiha-hisob ishlari va boshqa topshiriqlarni elektron variantini o’qish, ko’chirib olish va topshirish imkoniyati mavjud.