Institut rektori Ma’rufjon Rasulovning bayram tabrigi

Aziz ustozlar, qadrli talabalar, ishchi va xodimlar, barchangizni uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam bayrami munosabati bilan chin qalbimdan qutlayman.

Nafosat fasli odamlar qalbida sof va huzurbaxsh tuyg‘ularni uyg‘otib, yashash va yaratishga ruhlantirmoqda. Yurtboshimizning dono siyosati tufayli xalqimiz tinch, osoyishta, farovon hayot kechirmoqda. Orzu niyatlariga yetishish uchun yurt istiqboli yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.

Navro‘z tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik, qut-baraka timsoli, mehr-muhabbat ayyomidir. Umumxalq bayrami tarixining uch ming yilliklar bilan bog‘lanishi Sharq xalqlari dunyo tamaddunida katta o‘rin va mavqega ega ekanligidan nishona sifatida har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Aziz hamkasblar, qadrli talabalar! Sizlarni yana bir bor Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik tilayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin!