Xashar – elga yarashar!

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalari Sergeli tumanidagi Green Park istirohat bog‘ini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Xashar davomida istirohat bog‘i hududida keng ko‘lamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sug‘orish tarmoqlarini maishiy chiqindilardan tozalash ishlari bajarilmoqda.

Xashar jarayonida Iqtisodiyot fakulteti, Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari faol qatnashmoqdalar.

Xasharda shuningdek istirohat bog‘idagi daraxtlar taglari yumshatilmoqda va oqlanmoqda.

Axborot xizmati