Instituti kasaba uyushma qo‘mitasi e’loni

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kasaba uyushma qo‘mitasi, Xotin-qizlar kengashi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 14-15 mart kunlari Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan Umumxalq hashari munosabati bilan Toshkent shahridagi Respublika urush va mehnat fahriylari pansionatida xayrli tadbir o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishdi.
15 mart kuni soat 9.00 dan boshlab pansionat hovlisida umumxalq hasharini amalga oshirish, pansionat hovlisiga daraxt ko‘chatlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu savobli va mehr-muruvvat tadbirida institutdagi har jamoadoshimizning faol ishtirok etishini so‘rab qolamiz.
Keksalarga hurmat-e’tirom ko‘rsatish, ularni ardoqlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy-ma’naviy taraflama qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos azaliy yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Ushbu tadbir bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Tel +99 899 849 17 01 – Shodmonov Javohir Jahongir o‘g‘li EM-708 A –guruhi talabasi.