Harbiy kafedra talabasi bo‘lishni xohlovchilarni qanday sinovlar kutmoqda

10- mart kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida 2020-2021 o‘quv yilida harbiy kafedrada ta’lim olish istagini bildirgan talabalar bilan Toshkent Davlat Texnika Universiteti harbiy kafedrasining zobitlari uchrashdi.

Uchrashuvda Elektromexanika fakultetining “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha)” va Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakultetining “Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlarida 2 – bosqichda ta’lim olayotgan talabalariga harbiy kafedraga o‘qishga qabul qilish tanlov talablari haqida tushunchalar berishdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.

 

Harbiy kafedrada talaba bo‘lishni xoxlovchi talabalarni qanday sinovlar kutmoqda:

1.Harbiy kafedrada o‘qishga kirish tanlovlarida qatnashish uchun talabalar quyidagi xujjatlar to‘plamini topshiradilar.  Ya’ni pasaport va nushasi, reyting daftarchasi va nushasi, 3×4 o‘lchamli 6 dona foto surat, xujjatlarni to‘plash uchun jild, konvert 2 ta, standart varaqlar – 5 dona.

2.Tuman mudofaa ishlari bo‘limidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Bunda ular qo‘yidagi ma’lumotnomalarni yig‘ishlari kerak bo‘ladi:

-sil kasalligi (tuberkulez) dispanseridan ma’lumot;

-narkologik dispanserdan ma’lumot;

-teri-tanosil kasalliklari (kojno-venerologicheskoe ) dispanseridan     ma’lumot:

-flyuorografiya (rentgenologik tekshirish usuli) natijasi;

-qon tahlili (analiz krovi);

-siydik tahlili (analiz mochi);

-axlat tahlili (analiz kala);

-yurak EKG kardiogrammasi natijasi;

-ichki a’zolarning UZI si (buyrak, jigar, oshqozon va o‘t pufagi);

-oshqozon tekshiruvi (gastroendoskopiya) natijasi;

-qon tahlillari RV, qon rezusi (spravka krov RV, rezus krovi) natijasi.

3.Shuning bilan birga talabalar ruhiy tekshiruvdan o‘tadilar. Bunda:

  • Ruhiy test natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
  • HTO‘Bga qabul kilish uchun tavsiya etiladi;
  • HTO‘Bga qabul kilish uchun tavsiya etilmaydi.
  • Ruhiy test natijalari bo‘yicha HTO‘Bga qabul kilish uchun tavsiya etilmagan talabalar tanlovning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.

4.Keyingi sinov bu jismoniy tayyorgarlik bo‘ladi. Bu sinovni maxsus komissiya oladi. Bunda talabalardan quyidagi jismoniy tayyorgarlik talab qilinadi:

A.Turnikda tortilish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

12 marotaba va undan ko‘p tortilganda – “a’lo”;

10-11 marotaba tortilganda – “yaxshi”;

8-9 marotaba tortilganda – “qoniqarli”;

1-7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda – “qoniqarsiz” deb baholanadi.

B.Talabalarning 100 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

14-soniya ichida bajargan takdirda – “a’lo”;

14,1-14,4  soniyada bajargan taqdirda – “yaxshi”;

14,5-15,2  soniyada bajargan taqdirda – “qoniqarli”;

15,3 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan takdirda – “qoniqarsiz” deb baholanadi.

C.Talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

12.40  daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajargan taqdirda – «a’lo»;

12.41  daqiqadan  13.20 daqiqagacha bajargan taqdirda- “yaxshi”;

13.21  daqiqadan  14.00 daqiqagacha bajargan taqdirda – “qoniqarli”;

14.01  daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda – “qoniqarsiz” deb baholanadi.

5.Shuning bilan birga talabalar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bilimlarini tekshirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda ular kollej va litseyda yoki maktabda 10-11 sinf davomida o‘qigan “Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash” ChYoT fanidan o‘tgan mavzular yuzasidan test  sinovlarini topshiradilar.

Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Talabalar test savollarini yechishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. To‘g‘ri javob javoblar varag‘iga belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, V, S, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi. Test savolida faqat bitta to‘g‘ri javob belgilanishi lozim. Javoblarni belgilashda o‘chirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun talaba shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan talabalarning e’tirozi ko‘rib chiqlmaydi. Javoblar varag‘iga test sinovlari o‘tkazilgan kun va auditoriya raqami, test savollari kitobining maxsus kodi, auditoriya rahbarining F.I.O. test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxsning (shaxslarning) F.I.O. va imzosi ko‘rsatiladi.  Test sinovlari vaqtida talabaning auditoriyadan chiqishi taqiqdanadi, talabaning sog‘ligi yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Talabaga  test  sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.

Talabalarini harbiy kafedrada o‘qish tanlovlari ballarini yig‘ishlarida  uch semestr davomida olgan baholarini o‘rtacha yig‘indisi olinadi. Bu fakultet dekanati tomonidan tayyorlanib, fakultet dekani va rektormizning imzolari bilan tanlov komissiyasiga topshiriladi. Demak tanlovda qatnashayotgan talabalarimizni o‘qishga kirshlarida  sog‘lom bo‘lishlari, jismoniy sogligi,  test savollariga to‘g‘ri javob berib yuqori ball olishlari va uch semestr davomida yaxshi va a’lo baholarga o‘qishlari ko‘rsatkich bo‘la oladi.

Tanlovda qatnashish uchun xujjatlar 16 martdan boshlab institutimizning 452 auditoriyasida qabul qilinadi.

Manba: “Xayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi axboroti

 

ТЕЛЕГРАМДАГИ КАНАЛИМИЗ:https://t.me/ttymi1931