Institut rektori Ma’rufjon Rasulovning bayram tabrigi!

Assalomu alaykum, aziz xamkasb opa-singillar va lobar qizlar!

Avvalo, siz, azizlarni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlar jamoamizdagi har bir yutuqqa go‘zal tabassum va mehnatlaringiz bilan kamarbasta bo‘lib turibsizlar. Ayniqsa, sizlarning barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdagi o‘rningiz va xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

Institutimiz hayotida o‘zlarini to‘la namoyon etib kelayotgan opa-singillarimizning munosib xizmatlarini qadrlayman. Ko‘zlagan ulkan marralarimizga erishishda, mehnat jamoamizdagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini saqlash va mustahkamlashda ayollarimizning donoligi, shukronalik va kasbiga sadoqat kabi ibratli xususiyatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishiga aminman.

Talaba-qizlarimga institutlarni a’lo baholarga tamomlab, hayotbaxsh umidlar bilan umrguzaronlik qilishlarini Yaratgandan so‘rab qolaman.

Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlaringiz, nabiralaringiz va shogirdlaringiz kamolini ko‘rishni tilayman.