Harbiy ta’lim xususida

Elektromexanika fakultetining “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha)” va Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakultetining “Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlarida 2 – bosqichda ta’lim olayotgan talabalariga tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari 3 – bosqichga o‘tganlarida haftada bir kun maxsus harbiy kafedrada ta’lim oladilar, hamda o‘qish yakunida zahiradagi zobit (ofitser) unvoniga ega bo‘ladilar.

Tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun 2020 yil 10 mart kuni soat 12:20da institut faollar zaliga taklif etamiz.

Tashkiliy qo‘mita