Eng nafis va go‘zal bayram 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan rektor Ma’rufjon Rasulov institut faol ayolarlaridan bir guruhini qabul qildi. Qabulda Ma’rufjon Rasulov jamoaning ko‘zlagan marralariga erishishida institutning mehnat jamoasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini saqlash va mustahkamlashda ayollarimizning donoligi, shukronalik va kasbiga sadoqat kabi ibratli xususiyatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

O‘z o‘rinida samimiy qabul va tilaklar uchun institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nodira Xodjaeva institut rahbariga minnatdorchilik bildirdi.

Institut faollar zalida bayram munosabati bilan tantanali yig‘ilish o‘tkazildi. Tantanalarga institutda faoliyat olib borayotgan barcha ayollar va talaba-qizlar taklif etildi. Marosimda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Gulamov rektor tabrigini o‘qib eshittirdi.

 

Tadbirda institut xayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan institut mavqeini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollarimiz institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Tadbirda institut badiiy jamoasining chiqishlari nafosat egalarida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Shu kuni Talabalar shaharchasining talaba qizlariga milliy taom – osh ulashildi.

Axborot xizmati