So‘z va soz sehri

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “So‘z va soz sehri” ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Ma’rifiy tadbirning bu galgi mehmonlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Hayotxon Ortiqboeva va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupovlar bo‘ldi.

 

Tabdir mehmonlarining milliy qadriyatlarimizni asrab – avaylash, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ajdodlarga munosib farzand bo‘lib etishish kabi mavzulardagi chiqishlari, ona-Vatan, insoniylik, mehr – oqibat madh etilgan she’rlar, yangragan kuy – taronalar yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

-Oiladagi farzandlarimiz, bilim dargohlarida tahsil olayotgan o‘g‘il – qizlarimiz ma’naviyatli bo‘lishsa, bugungi yoshlar barkamol avlod bo‘lib voyaga etadi.Bunday yoshlar hayotdan o‘z o‘rinlarini topishda qiynalishmaydi, – dedi Oliy Majlis Senati a’zosi Hayotxon Ortiqboeva. – Biz uchrashuvda mana shu haqiqatni hayotiy misollar asosida yoshlar ongiga yetkazishga harakat qildik.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi. Tadbir mehmonlarining fidokorona mehnati, ibratli hayot yo‘li, ijtimoiy-ijodiy faoliyati hamda ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi hayotiy voqealar talabalarga manzur bo‘ldi.

Axborot xizmati