Mustaqil tadqiqotchi Ametova Elnara Kuandikovnaning dissertatsiyasini daslabki ekspertizadan o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar to‘g‘risida

2020 yil 16-mart soat 14: 30 da «Temir yo‘l transportida avtomatika, telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Ametova Elnara Kuandikovnaning 05. 08. 03 – “Temir yo‘l transportini ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimi terish guruhining strelkalarni boshqarish mikroprotsessorli bloklari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini daslabki ekspertizadan o‘tkazishga bag‘ishlangan kafedralararo birlashgan ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, 255-auditoriya.