Yoshlar — kelajagimiz! Ularni jinoyat botqog‘iga botirmaylik

Kuni kecha Toshkent temir yo‘l muhandislariinstitutida talaba-yoshlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga bag‘ishlangan davra suxbat o‘tkazildi.


So‘nggi yillarda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘plab muhim masalalar qatori yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbirda Mirobod tumani IIO FMB Yoshlar bilan ishlash guruhi rahbari – Samariddin Zayniddinov, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi mas’ul xodimi podpolkovnik – Shavkat Otamurodov, Mirobod tumani bosh imom hatibi –Odiljon Xolmurodov va DXX xodimi – Jaxongir Mengniyazov, institutning tegishli bo‘lim xodimlari va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” faollari ishtirok etdi.

Suxbat davomida mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil etildi. Ma’ruzachilar tomonidan yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning ahamiyati, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdagi yutuq va kamchiliklar, ma’naviy tahdidlarning o‘zaro ta’siri orqali sodir etilayotgan salbiy holatlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Samaraddin Zayniddinov o‘z nutqida tahsil olayotgan talaba voyaga etganligi va o‘z hatti-harakatlari uchun javobgarligini, institutda turli viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar juda ko‘p, ular ota-onalari, yaqinlari nazoratidan uzoqda ekanligini, agar bola uyida to‘g‘ri tarbiya olgan bo‘lsa, oila muhiti yaxshi bo‘lsa u o‘zini qanday tutush lozimligini, nima qilish mumkin-u, nima qilish mumkin emasligini yaxshi bilishini, oilasidagilarning yuzini erga qaratmasligini, uyida chekish, ichish ta’qiqlangan bo‘lsa-yu, lekin talabaning o‘zida moyillik bo‘lsa u darrov shu yo‘lga kiishini, ichkilik oqibatida ko‘plab noxush holatlar sodir bo‘lishini etib yoshlar o‘rtasida sodir etilgan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlardan misollar keltirdi.

So‘z navbati Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi mas’ul xodimi podpolkovnik Shavkat Otamurodovga berildi. Shavkat Otamurodov bugungi kunda hammamizga ma’lumki jahon jamoatchiligini giyohvandlikning keng tarqab borayotganligi qattiq xavotirga solib kelmoqligini, ayrim irodasi bo‘sh, iymon-e’tiqodi sust kishilar ayniqsa ko‘pchilik yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirib, aql-xushidan ozdirib kelayotgan xavfli illatlardan biri bu giyohvandlik ekanligini, eng achinarlisi shundaki, bu kasofat sanalib kelingan giyohvand moddalarning Islom olamida, mo‘min musulmon deb yurgan ko‘plab insonlar tomonidan iste’mol qilinishi, undan moddiy daromad orttirish maqsadida tijorat qilinishi va ko‘plab yosh avlodning uning qurboni bo‘layotganligi chidab bo‘lmas bir hol ekanlinigini, ayniqsa dorixonalarga og‘riqni qoldirish maqsadida sotuvga chiqarilgan sintetik dorilarni noo‘rin qo‘llash, ya’ni ularga o‘rganib qolish hollarining ko‘p uchrayotgani, Psixotrop moddalarni qabul qilayotgan yoshlardagi birinchi belgi o‘qishining pasayishi, turmush tarzi va kayfiyatidagi o‘zgaruvchanlik holatlarida kuzatilishini gapirib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili, Mirobod tumani bosh imom hatibi Odiljon Xolmurodov o‘z so‘zida, axborot asrida yashayotgan ekanmiz, inson va jamiyat hayotida axborot oddiy ehtiyoj me’yoridan chiqib siyosiy va mafkuraviy vosita, bunyodkorlik yoki vayronkorlik kuchiga aylanayotganiga guvohi ekanligimizni, yangilanish va islohotlar jarayoni hech vaqt birdaniga amalga oshmaganligini, negaki, bu inson ongi, tafakkuri va dunyoqarashi bilan bog‘liq jarayonligini gapmrdi. Inson ongi asta-sekinlik bilan shakllanib borar ekan, uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yangilanish va islohotlar jarayoni ham muhim ahamiyat kasb etishini, bugungi kunda ba’zan yoshlarimizda har qanday axborotni mutloq haqiqat sifatida qabul qilinishi quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda: yot, buzg‘unchi g‘oyalarning kirib kelishi (diniy ekstremizm, millatchilik misolida), g‘arb yashash tarziga xos, lekin o‘zbek mentalitetiga zid g‘oyalar, qarashlarning yoshlarga ta’siri (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo), pornografik axborotlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri, tekshirilmagan axborotlar ekanligi, har jihatdan qulay va oson hayot sharoitiga intilish zamonaviy is’temolchining, jamiyatning o‘ziga xos muhim qadriyatiga aylanib bormoqdaligini, odamlarning eng mayda ehtiyojlari va xohish-istaklarini qondirish yo‘lidagi topqirliklar shiddatli poyga tusini olmoqligini, buning oxiri ko‘rinmasligini gapirdi. Ana shunday tezkor sharoit axborot sohasiga taalluqli ekani barchaga ma’lumligini, hozirgi kunda yoshlarimizning deyarli barchasi internet orqali ma’lumotlar olmoqdaligini, internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish kerakligini, uning to‘g‘ri maqsadlarda ishlatilishi salbiy ta’sirlardan himoyalanishni ta’minlanishi. sof islom dinini o‘rganishga hech kim qarshilik ko‘rsatmasligini, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda ogoh bo‘lish lozimligini ta’kidlab, aldanib qolgan vatandoshlarimiz xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘zbekiston DXX xodimi Jahongir mamlakatimizda hukum surayotgan tinchlik amalga oshirilayotgan islohotlar, diyorimizda tinchlikka ko‘rsatuvchi tahdidlarning shunday shakllari borligini, ular bevosita ko‘zga tashlanmasligi, mavjudligini namoyishkorona ko‘z-ko‘z qilmasligi mumkinligini, ammo uning qo‘poruvchilik hamda yoshlarni yo‘lda urish, ongini zaharlashning ta’siri nihoyatda kattaligini, bunday tahdidlar ta’sir etish ob’ektiga qarab ma’naviy tahdid deb atalmoqligini, bu turdagi tahdidlarning xavfi jamiyat hayotining barcha jabhalariga putur etkazishi, jamiyat boshqaruvida tartibsizlik va parokandalikni vujudga keltirishi, ijtimoiy kuchlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib tashlash, yashirin holda turli yo‘llar bilan respublikamiz hududiga kirib kelayotgan giyohvand moddalar, uning oqibatida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik illati ildiz ortib bormoqdaotigini, oilalarning parokandaligiga sabab bo‘ladigan, milliy turmush tarzimizga zid bo‘lgan, shaxsning halokatiga olib keladigan illatlardan biri ekanligini, xammamizning vazifamiz bu illatdan yiroq bo‘lib yurtimiz ravnaqiga o‘z hissimizni qo‘shish ekanligini gapirib o‘tdi.

Uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

Abduvohid Sotvoldiev