Jahon ichra ikki jahoniy siymo

14-fevral kuni Faollar zalida g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga, 16 asr turkiy nasrining  buyuk namoyandasi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag’ishlangan“Jahon ichra ikki jahoniy siymo” deb nomlangan tadbir o’tkazildi

 Tadbirni TTYMI yoshlar bilan ishlash prorektori Baratov Dilshod Hamidullayevich ochib berdilar. Tadbir institutning ‘’Tillar’’ kafedrasi.va litsey o’qituvchilari , talabala yoshlari  hamkorligida o’tkazildi .

 Oybekning “Navoiy” ,Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlaridan sahna ko’rinishlari ijro etildi . Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari asosidagi mumtoz qo’shiqlar tadbirga yanada fayz  qo’shdi .

Tadbirda 1- bosqich rus guruhi talabalari o’zbek tilida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiy , g’azallaridan namunalar o’qishdi

Tadbir yoshlarimiz uchun o’ziga xos ibrat maktabi bo’ldi.

Axborot xizmati