Ta’limdagi korruptsiya — eng oliy jinoyat

14 fevral kuni Toshkent temir yo‘l muhanidislari institutida korruptsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.


Mazkur tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlis Senatning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Batir Matmuratov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Qo‘mitasi raisi o‘z nutqida jahonda korruptsiyani jilovlash bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini va so‘nggi yillarda jiddiy islohotlar davriga qadam qo‘ygan O‘zbekiston uchun ham korruptsiyaga qarshi kurash asosiy ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, Batir Matmurodov o‘z so‘zida yoshlarning korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi vazifalariga to‘htaldi.

– 2017 yilga qadar bizda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yagona qonunning o‘zi bo‘lmagan, – dedi Batir Matmuratov. – Turli xil tarqoq qonun hujjatlari va normalarni qo‘llab yurganmiz. Prezidentimiz o‘z faoliyatini boshlagan dastlabki kunlardayoq bu masalaga jiddiy e’tibor qaratdi. Bu korruptsiyaga qarshi kurashga naqadar jiddiy kirishilganini bildiradi. Bu kurashda yoshlar eng faol bo‘g‘inga aylanishi zarur.

Yig‘ilishda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilov, Ichki ishlar vazirligi xodimlari, “O‘zbekiston yoshlar ittifoti” Toshkent shahar bo‘limi faollari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezident oliy ta’lim sohasini korruptsiyadan holi soha, deb e’lon qilganligini ta’kidlandi.

Tadbir davomida institut prorektori Dilshod Baratov, korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha institutda olib borilayotgan chora- tadbirlar talabalar tomonidan ijobiy qabul qilinayotganligini va o‘z samarasini berayotganligini gapirib o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Axborot xizmati