Yoshlarni oilaga tayyorlashning psixologik xususiyatlari

4 fevral kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiyamaliy tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirokida xujjatli film namoyishi tashkil etildi.

Butun dunyoda davom etayotgan oilaviy inqiroz O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayotgani hech kimga sir emas. Afsuski, bu masalada ota-onalari qatori yoshlarning ham ulushi ko‘proq. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasidagi ajrim holatlarining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hanuz bu sohadagi muammolarimiz yetarlicha.

Tadbir avvalida talabalar e’tiboriga oilaviy kelishmovchiliklar, nizo va janjallar kelib chiqishining sabablari to‘g‘risidagi film namoyish etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassisi Yoqutoy Xakimova va institut psixologi Ra’no Baratovalar talabalar bilan filmni muhokama qildilar.

Yoshlarimiz turmush qurayotgan vaqtida, hech qachon, turmush o‘rtog‘im yoki uning oila a’zolari bilan nizo-janjalga boraman, oxir-oqibatda oilam buzilib, ajrashib ketaman,- deb turmush qurmaydi, – dedi institut psixologi Ra’no Baratova. – Yoshlar oila qurayotgan vaqtda tilanayotgan ezgu-tilaklar ularga doimo hamroh bo‘lishi birinchi navbatda ularning o‘ziga bog‘liq. Oilaviy ajralish inson psixologiyasi, uning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy ajralish nafaqat bir insonga, balki oilaning barcha a’zolariga, yaqin qarindoshlar hayoti va ruhiyatiga salbiy oqibatlari bilan zarar keltiradi.

So‘zga chiqqanlar yosh oilada mehr-muhabbat, hurmat-izzatning ko‘tarilishi, bir-biriga xiyonat qilishlar tufayli kelishmovchiliklar oxir oqibat er-xotin ajrimlari tugashi to‘g‘risida so‘z yuritdilar. Oila qurishda birinchi nikoh qanchalik qimmatli va ardoqli ekanligini, yo‘qotib qo‘yilgach, achinish va qo‘msash hislari yuzaga kelishi mumkinligini nikohga qadar anglab etishlari zarurligi yoshlarga uqtirildi.

Tadbirda shuningdek, Mirobod tumani Xotin qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Madina Djaxanova, Mirobod tumani Xotin qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Sarvara Shukurullaevalar ham ishtirok etdilar.

Axborot xizmati