Korrupsiya – yuksalishning kushandasi

Kuni kecha Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston DXX xodimi Jahongir Mengniyazov ishtirokida davra suxbati tashkil etildi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov kirish so‘zi bilan ochib, institutda korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan fikr bildirdi.

Suxbat davomida O‘zbekiston DXX xodimi Jahongir Mengniyazov ma’ruzasi tinglandi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurash” to‘g‘risidagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son Farmonining 8-bandi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2782-III/QQ-610-III-son qo‘shma qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 9 oktyabrdagi 12/3-395-son topshirig‘i kabi normativ-xujjatlarning mazmunini tushuntirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-“Pora olish”, 211-“Pora berish” va 212-“Pora olish-berishda vositachilik qilish” moddalari bilan tanishtirib o‘tdi.

Pora har doim ham naqd pul mablag‘lari berilishini anglatmaydi, – dedi Jahongir Mengniyazov.- Agar qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, sovg‘alar, mehmondo‘stlik harakatlari va vaqtichog‘lik taqdim qilishlar ham pora bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari va mutaxassis o‘rtasida oshkora ruhdagi davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov tadbirni yakunlar ekan, korruptsiya oqibatida yuzaga kelayotgan ayanchli oqibatlar haqida talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday yig‘ilishlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish turli jinoyatchilikning oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida to‘xtaldi.

Nilufar Babaxanova
Iqtisodiyot fakulteti dekan o‘rinbosari