Men huquqbuzarlikning oldini olishga mas’ulman

9 yanvar kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, Mirobod tuman Fahriylar kengashi faollari va institutga qo‘shni maxalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida davra suxbati tashkil etildi.

Suxbatning maqsadi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 28-bandi ijrosini ta’minlash hamda yoshlar orasida xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga qaratildi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov olib bordi.

Tadbirda dastlab Yoshlar bilan ishlash guruhi rahbari, podpolkovnik Samariddin Zaynidinovning yoshlar o‘rtasida ko‘p sodir etilayotgan jinoyalar turi va uni vujudga sabablari xususidagi ma’lumoti tinglandi. Mirobod tumanida yoshlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzurliklar haqida gapirib o‘tdi.

– Tahsil olayotgan talaba voyaga etgan sanaladi va o‘z hatti-harakatlari uchun javobgar, – dedi Samariddin Zayniddinov. – Turli viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar juda ko‘p. Ular yaqinlari nazoratidan uzoqda. Agar bola uyida to‘g‘ri tarbiya olgan bo‘lsa, u o‘zini qanday tutush lozimligini, nima qilish mumkin-u, nima qilish mumkin emasligini yaxshi biladi. Oilaning yuzini erga qaratmaydi.

Mirobod tumani IIO FMB XPB boshlig‘i, podpolkovnik Mironshoh Sadullaev talabalar bilan ochiq suxbatda har bir fuqaro jamiyatda belgilangan qoidalarga amal qilishlari lozimligi, jamoa oldidagi majburiyatlarni bajarishga mas’ulligini misollarda tushuntirdi.

Uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

Manba: Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti