«Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” respublika seminar-trening daydjesti:ayol huquqlari, muhokamalar va o‘zaro hamkorlik…

Ayni vaqtda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Oliy ta’lim muassasalarining Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti rahbarlari ishtirokida «Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” respublika seminar-treningi davom etmoqda.
Seminarda Elmira Basitxanova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi), Ashiti Mittal (BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakili), Sayyora Baratova (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi v.b.) va Dilorom Tashmuxammedova (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Senator) ma’ruzalari tinglandi.
Barcha ma’ruzachilar mamlakatimizda ayollar huquqlari, gender tenglik va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishga barham berishning yagona yaxlit mexanizmiga erishish masalalarini e’tirof etdilar.