Elmira Basitxanova: Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar mamlakatning hamma hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida «Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” respublika seminar-treningda O‘zbekiston respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Elmira Bositxonova ishtirok etdi.


U o‘z ma’ruzasida ayollarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlashni nazarda tutgan «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi, avvalom bor, xalqimizning ziyoli qatlamiga bog‘liqligini bildirdi.

Notiq o‘z so‘zida Xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatini oddiy, sodda va xalqchil bo‘lishini ta’minlash, tizimning nizomiy vazifalarini bajarishdagi, xotin-qizlar turmush tarzini yaxshilashdagi ta’sirini kuchaytirish singari masalalariga e’tibor qaratdi.

Xotin-qizlar qo‘mitalari rahbarlarining oddiy, sodda, xalqchil va samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini qanday bo‘lishi to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, Ayollar reabilitatsiya markazi, Ayollar maslahatxonasi, Qizlar salomatligi markazi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Mahalla idorasi kabi ijtimoiy tuzilmalarning faoliyatini ko‘rish, Besh tashabbusning 5-yo‘nalishi – ayollarni ish bilan ta’minlash va ularga kreditlar berish holatlari bilan tanishish, ko‘rsatma va tavsiyalar berish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazish, ularni ijtimoiy-siyosiy faollikka chaqirish, mas’uliyatini kuchaytirish, muammolarini hal etishga ko‘maklashish, sovrindorlarni, mukofotga da’vogarlik qilgan nomzodlarni, hududdagi ijtimoiy yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan, faol bo‘lmagan yosh qizlarni “Qizlarjon” klubi atrofida birlashtirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona munosabatlarni o‘rnatish masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati