Ilmiy hamkorlik istiqbollari

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasida Sankt-Peterburg davlat temir yo’llari universiteti professorlari Olga Kopitenkova va Aleksand Levanchuk ma’ruzalar o‘qidi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Sankt-Peterburg davlat temir yo’llari universiteti va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti o‘rtasida imzolangan shartnoma muvofiq “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasiga ushbu universitetning “Texnosfera va ekologik xavfsizlik” kafedrasi professorlari t.f.d. Olga Ivanovna Kopitenkova va t.f.d. Aleksand Vladimirovich Levanchuk taklif etildi.


Tashrifdan maqsad o‘quv jarayonlariga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, institut ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etishdir.
Tashrif davomida professorlar tomonidan temir yo‘l transportida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash mavzularida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib borildi.


Mashg‘ulotlardan institut professor-o‘qituvchilari va talabalari katta ta’ssurot oldilar. Kelajakda Sankt-Peterburg davlat temir yo’llari universiteti “Texnosfera va ekologik xavfsizlik” kafedrasi va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o‘rtasida o‘quv dasturlar va o‘quv-uslubiy materiallar almashinuvi hamda kadrlarni malakasini oshirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

Manba: “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi axboroti.