«Xalqaro nogironlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

3-dekabr – «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi va institut Xotin-qizlar qo‘mitasi xamkorligida Mirobod tumanidagi 57-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktab internatida xayriya tadbirini o‘tkazdi.
Marosimda maktab internat o‘quvchilariga institut jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Institut “Yoshlar ittifoqi” BT faollari tomonidan ijro qilingan kuy-qo‘shiqlar davraga ko‘tarinki rux va o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Maktab o‘quvchilari raqsga tushib, kuy-qo‘shiqlardan baxramand bo‘lishdi. Tadbir maktab internati o‘qituvchi va o‘quvchilarda katta taasurot qoldirdi.

Axborot xizmati